So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

SHahzodbek Nurmatov: "CA" ning doimiy o'quvchisiman va tur jamoasiga kirganimdan xursandman" Yangiliklar

SHahzodbek Nurmatov: "CA" ning doimiy o'quvchisiman va tur jamoasiga kirganimdan xursandman"

Xabaringiz bor "CA" sayti ushbu mavsumdan boshlab Oliy liganing tur jamoasini tuzib boradi.
Kecha 1-tur jamoasini elon qildik va saytimiz azolari bir ovozdan hujum chizig'iga terma jamoamizga nomzod futbolchi SHahzodbek Nurmatovni topdi. "Metallurg" hujumchisi "Olmaliq"qa qarshi uchrashuvda gol muallifiga aylanishidan tashqari butun uchrashuv davomida yaqqol etakchi sifatida harakat qildi. Biz futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

"Olmaliq"qa qarshi o'yinda faqat hujumda o'ynash va ochiq o'yin qilish tarafida edik.  Natija o'xshamagan bo'lsa ham o'yindan xursandman. CHiroyli o'yin bo'ldi. Yangi stadioni bilan "Olmaliq" klubi va futbolimiz muxlislarini tabriklayman." , - deydi SHahzodbek Nurmatov

- O'yinda jarohat olganligingiz aytilgan edi. Hozirda bu vaziyatga izoh berib o'tsangiz?

Hozirda ahvolim juda yaxshi. O'ylaymanki keyingi uchrashuvda maydonga tusha olaman. O'sha o'yinda kichik to'qnashuvdan so'ng ozgina og'riq his qildim va o'yinni yakunlay olmadim. Hozir o'tib ketdi. Mashg'ulotlar olib borayapman.

- SHahzodbek agar "CA" saytini kuzatib borayotgan bo'lsangiz ushbu mavsumdan boshlab yil davomida har bir turdan so'ng tur jamoalarini tuzib bormoqdamiz. Birinchi tur yakunlariga ko'ra hujum chizig'iga sizni munosib ko'rdik.

Bundan juda mamnunman. Ochig'ini aytsam buni aytmasingizdan oldin o'sha vaqtdayoq ko'rgan edim. Juda xursand bo'ldim. Negaki har kuni shu sayt bilan birgamiz va kuzatib boramiz. Doimiy o'quvchilaridan biriman desam xato bo'lmaydi. Aynan mana shu loyixa juda ajoyib bo'libdi. Xorij chempionatlarida doimiy tarzda buni kuzatib boramiz va bu bizda ham bo'lganidan xursandman. Ayniqsa ushbu jamoaga meni munosib ko'rganliklaringiz uchun rahmat. Buni ham rag'batning bir turi sifatida qabul qildim. Ushbu tur jamoasiga har turda kirish uchun qo'limdan kelgancha harakat qilamam. Men uchun bundan ham asosiysi jamoamiz yutug'i bo'ladi. Aytgancha men ham fifa.uz ishtirokchisiman va jamoamni tuzganman. Bu o'yin qiziqarli ayniqsa o'zing uchun o'zing ochko to'plasang (kuladi).

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика