Shahzoda Uilyamni televizorda futbol eksperti sifatida ko'rishmoqchi
11 apr 19:45
Yangiliklar
Shahzoda Uilyamni televizorda futbol eksperti sifatida ko'rishmoqchi
Chorshanba kuni kechqurun shahzoda Uilyamning chiqishi televidenieda shov-shuvga sabab bo'ldi.
Uilyamning sevimli jamoasi "Aston Villa"ning Chempionlar Ligasi chorak finalida PSJga qarshi o'yini oldidan qilgan tahlili "TNT Sports" telekanalida chiqqanidan so'ng bir necha soat ichida internetda millionlab tomoshabinlarni o'ziga jalb qildi.
Televidenie bolaligidan futbol ishqibozi bo'lgan Uilyamning bilimi, jumladan, PSJning o'tgan turda Chempionlar Ligasi doirasida "Liverpul" ustidan qozongan g'alabasi vaqtidagi taktikasi va o'yin rejasi, shuningdek, Birmingem klubi bosh murabbiyi Unai Emerining boshqaruv uslubini chuqur anglashidan hayratda qolgan.
Natijada uni BBC, "Amazon Prime" va "Sky Sports"da ekspert sifatida ko'rishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar