So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  9 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  4 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

SHahzod Nurmatov: O'yinimdan ko'nglim to'lgan kuni faoliyatimni yakunlasam bo'laveradi Yangiliklar

SHahzod Nurmatov: O'yinimdan ko'nglim to'lgan kuni faoliyatimni yakunlasam bo'laveradi

Xabaringiz bor, Bunyodkor Pepsi Superliganing 10-turida Nasafni mag'lub etishning uddasidan chiqdi (2:1).

Maydon egalaridan jamoa sardori Javlon Ibrohimov hamda mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazayotgan Xurshid G'iyosov gol muallifiga aylanishdi.

Biz uchrashuvdan so'ng o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlab, 76-daqiqada o'z o'rnini Filip Rayevacga bo'shatib berganhujumchi SHahzod Nurmatovdan intervyu oldik.

- SHahzod, «Nasaf»ga qarshi markaziy o'yinda g'alaba qozonding­lar. Mazkur uchrashuvga qanday tarif bergan bo'lardingiz?

- O'yin kutilganidan ham qiyin kechdi. Ayniqsa, ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng bizda ruhiy holat yaxshi emasdi. Ochig'i, shu narsa pand berib qo'yishidan cho'chigandik. Murabbiyimiz uchrashuv oldidan biz bilan yaxshigina gaplashib oldilar.

Hamma bundan avvalgi mag'lubiyatlarni unutib, bor etiborini shu bahsga qaratdi. Bu holatda faqat o'z kuchimizga tayangan holda vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligini bilardik.

- Mirjalol Qosimov sizlarni qanday ruhlantira oldi?

- Qanday bo'lmasin, bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerakligini aytdi. Faqat shu yo'l bilan qiyin vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligi va eng muhimi, barchasi o'z qo'limizda ekanligiga ishontira oldi. «Tashqaridan kelib, hech kim bizga yordam bermaydi», dedi.

- Uchta mag'lubiyatning hammasi ham «Bunyodkor»ning o'zigagina bog'liq holatda ro'y berdimi?

- Ha, faqat o'zimizga bog'liq, deb o'ylayman. Aybni o'zgalardan izlashni yoqtirmayman. Aslida, eng osoni ham shu bo'lsa kerak, yani aybni birovdan qidirish.

- Tushkun kayfiyatdan chiqib ketdinglar, deb hisoblasak bo'ladimi?

- Muhim o'yinda g'alaba qozondik va bu bilan turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldik. O'ylaymanki, omadsiz o'yinlar ortda qoldi va chempionatning qolgan uchrashuvlarida ochko yo'qotmaslikka intilamiz.

- Jamoada moliyaviy muammolar yo'q, deb bo'lmaydi. Bundan tashqari, atrofda yangrayotgan turli gap-so'zlar ham sizlarga salbiy jihatdan tasir o'tkazmay qolmaydi, to'g'rimi?

- Albatta, tasiri bo'lyapti. Lekin bunday murakkab vaziyatdan faqat qozonilajak g'alabalar evaziga chiqib ketish mumkin. Buni yaxshi tushunib turibmiz. Agar tushukunlikka tushib qolsak, natija yomon bo'lsa bo'ladiki, aslo ijobiy ko'rinish olmaydi.

- «Bunyodkor»ning mavsum uchun qo'yilgan vazifalari o'zgarmaydimi?

- Yo'q. Har doimgidek, chempionlik uchun kurashamiz. Buning imkoni bor, deb o'ylayman. Hali o'yinlar etarli. Asosiy kurash oldinda. Ikkinchi bosqich ko'p savollarga javob beradi.

- Superliganing ortda qolgan tur o'yinlari haqida umumiy fikringiz qanday? Hali ko'p narsa o'zgarishi mumkinmi? Yoki scenariy shu holatda davom etarmikan?

- Menimcha, hali ko'p narsa o'zgaradi. Turnir jadvalidagi hozirgi ko'rinish har bir turdan keyin o'zgaradi, desam yanglishmasak kerak. Bunday de­yishimga ortda qolgan 10ta tur o'yinlari va ularda qayd etilgan natijalar sabab bo'lyapti.

O'zingiz guvohi bo'ldingiz, etakchi jamoalarimiz hech bir uchrashuvda oson g'alabaga erishishmadi. Bundan keyingi turlarda ham hech kimga engil bo'lmaydi.

Turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalar ham etakchilardan ochko tortib olyapti. Bu chempionatimizning kuchayib borayotganidan darak berib turibdi.

- Birinchi bosqich yakunlariga ko'ra kuchli oltilikka kirgan jamoalarning 7-12-o'rinlarni egallagan klublar bilan o'yinlardagi ochkolarining olib tashlanishiga munosabatingiz qanday?

- Yomon ham emas, aksincha, yaxshi ham emas. Bu O'zbekiston futbol associaciyasining qarori. SHunday ekan, Superliganing barcha jamoalari bu majburiyatni bajarishi shart. Futbolimizdagi yangilik o'zini qanchalik oqlashini vaqt ko'rsatadi.

Ishtirokchilar sonining qisqargani chempionat saviyasini oshirdi. Bu bor gap. Lekin ochkolarning olib tashlanishi - umuman boshqa masala. SHu sababli ham bu mavzuda aniq bir fikr bildirolmayman.

- SHahzod, jamoadagi bugungi holatingizdan mamnunmisiz?

- Inson borki, qaysi sohada ishlamasin, o'zidan yuz foiz ko'ngli to'lmaydi. U hamisha o'z ustida ishlashda davom etadi. Futbolda ham xuddi shunday. O'z o'yinimdan ko'nglim to'lgan kuni faoliyatimni yakunlasam bo'laveradi. SHu sababli hamisha o'zimga nisbatan tanqidiy ko'z bilan qarayman.

Ha, joriy mavsum kam gol uryapman. Tabiiyki, bundan xursand bo'lmayman. Mashg'ulotlarda bor kuchim bilan ishlayapman. Mavsumning qolgan o'yinlarida avvalgilariga qaraganda yaxshiroq harakat qilib, jamoam muvaffaqiyatlariga hissa qo'shaman.

Yuqorida aytganimdek, hali asosiy bahslar oldinda. CHempionlik va sovrinli o'rinlar uchun kurash so'nggi turgacha davom etadi. Bunga hozirdanoq hech kim shubha qilayotgani yo'q.


Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика