So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  7 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

SHahzod Karimov : “Sug'diyona” safida ekanligimdan xursandman" Yangiliklar

SHahzod Karimov : “Sug'diyona” safida ekanligimdan xursandman"

Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi yangi mavsum oldidan o'z safiga SHahzod Karimovni qo'shib oldi.

Ushbu yosh iqtidor egasi  o'z mahorati va maydondagi harakati bilan jizzaxlik muxlislarning ko'nglidan joy oldishga ulgurdi. Ko'plab Jizzaxlik muxlislar iltimoslariga binoan ushbu yosh istedod egasi bilan suhbatlashishni qaror qildim.

- “Sug'diyona” jamoasiga kelib qushilgan yangi o'yinchisiz. Jamoa sizni qanday kutib oldi? “Sug'diyona” jamoasi haqida fikrlaringiz qanday?
- Jamoa meni judayam yaxshi kutib oldi. Bu jamoada tajribali uyinchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Men ulardan ko'plab saboqlar olmoqdaman. O'yin davomida, mashg'ulotlar paytida yosh bulishimga qaramay meni doimo oldinga yurishga undagan, har qanday holatda qo'llab-quvvatlayotgan ana shunday jamoada  to'p tepayotganimdan judayam xursandman.

- Jamoa murabbiyi Davron Fayziev haqida nima deya olasiz?
- “Sug'diyona” jamoasiga kelib qo'shilganimga qadar birinchi liga safida o'ynaganman. Meni o'yinimni ko'rib  Davron Fayziev “Sug'diyona” jamoasiga taklif qilganlarida juda xursand bo'lganman. Oliy ligada o'ynayotganimga aynan shu inson sababchi bo'ladilar. Mashg'ulotlarda judayam talabchanlar. Hayotda esa judayam samimiy insonlar. Yoshlar tarkibida ham to'p tepayapman. Men kabi yosh istedodlarga o'z mahoratini ko'rsatishga imkon berayaptilar. Ularga hammasi uchun minnatdorman.

- Malumki 7-turda “Sug'diyona” jamoasi Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yin oldidan fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz.

- O'zbekiston kubogida “Mashal” jamoasi darvozasiga gol urganman. Bu mening “Sug'diyona” jamoasi o'yinlarida ilk debyutim bo'lgan. Zaxiradan maydonga tushganimda maqsadim faqat jamoam bilan g'alabaga erishish bo'lgan. Bo'lajak uchrashuvga judda katta tayyorgarlik qilayapmiz. Murabbiyimizning barcha ko'rsatmalariga amal qilib g'alabaga erishamiz degan umiddaman. Jizzaxlik muxlislarni xursand qilib, maqsadimizga erishamiz degan umiddaman.

- SHahzod Karimov ushbu mavsumda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?

- Menga berilayotgan imkoniyatdan to'g'ri  foydalanib, murabbiymiz va muxlislarni ishonchini oqlashgashga  harakat qilaman. Oliy ligada yaxshi o'yinchilarning bittasi bo'lishga harakat qilaman.


Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика