So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

SHahriyor: “Aslida men futbolchi bo'lishim kerak edi” Yangiliklar

SHahriyor: “Aslida men futbolchi bo'lishim kerak edi”

Kecha UCFGA Associaciyasiga qarashli “UzArena”da Associaciya championat.asia sayti bilan hamkorlikda ilk marotaba “championat.asia kubogi” turniri bo'lib o'tmoqda.

SHuningdek ushbu musobaqada shou-biznes vakili qo'shiqchi SHahriyor ham ishtirok etmoqda. Musobaqa davomida SHahriyor kiberfutbolga kirib kelishi va ushbu spor turi haqida intervyu berdi.

-  SHahriyor siz sanatkorsiz, kibersportga yana kiberfutbolga qiziqish qachondan boshlangan?
-  Aslida men futbolchi bo'lishim kerak edi. Yoshligimda futbol bilan jiddiy shug'ullanganman.  Bazi bir sabalarga ko'ra futbolni tashlashimga to'g'ri kelgan va sanat yo'lini tanlaganman. Afsuski futbol yuragimda armon bo'lib qolgan. Baribir futbol men uchun birinchi o'rinda turadi. Kiberfutbolga qizishim ancha oldin boshlangan. Yoshligimizda “dendi”, “sega” o'yinlari bo'lar edi. Mana shu o'yinlarni o'ynab katta bo'lganmiz. Biroz ulg'ayganimdan so'ng bo'sh vaqtlarimda playstation yana “Sony 1”ni o'ynab turar edim. Keyinchalik “Sony 2” talqini chiqdi, shunda ham o'zimni sinab ko'rdim. Aziz aka Pattaxov bilan tanishganimga 3-4 yilcha bo'lib qoldi. Ular bilan gaplashganimda mana shunaqa kiberfutbol Associaciyasini ochin niyati borligini bildirgandi. Qilgan niyatlari xolis ekan, barchasi amalga oshdi.


-  Siz sanatkorsiz, lekin futbol bilan sanatning qanday bog'liqlik taraflari bor?
-  Albatta, futbol ham bir sanat. Futbolchilar maydonda to'p bilan zargarona harakatlarni amalga oshirishadi. To'pni shu darajada olib yurishning o'zi ham bir sanat. SHuning uchun ham ikkala kasb ham bir-biri bilan bog'liqlik taraflari bor.

-  Sanatkor do'stlaringizni ham kiberfutbolga taklif qilganmisiz?
-  Albatta, ayni damda hamkasbim, do'stim, aktyor, rejissyor va klipmeyker Muhammadali Iskandarov bilan  UCFGA Associaciyasining chempionati birinchi liga bahslarida ishtirok etayapmiz. Bundan tashqari yana bir shou-biznes yulduzini ham kiberfutbolda ishtirok etish uchun taklif qilganman, lekin hozircha ushbu shou-biznes vakili kimligi sir bo'la qolsin (kulib).


-  Kiberfutbol juda ham tez vaqt ichida sport turiga aylanishga ulgurdi. O'zbekistonda ham kiberfutbol rivojlanib bormoqda. Bunga qanday fikr bildirasiz?
-  Juda ham qisqa vaqt ichida kiberfutbol sport turi O'zbekistonda rivojlandi. Bundan juda ham xursandman. Bilamizki bizda ko'pchilik yoshlaar futbolga qiziqqani bilan professional darajasidagi futbolchi bo'lib keta olmaydi. Kimdurni sharoiti to'g'ri kelmasa yana kimdur jarohat sababli futbolni tashlashga to'g'ri keladi. SHuning uchun ham mana shunday futbolni sevadigan insonlar uchun kiberfutbol juda ham yaxshi sport turi. Kiberfutbol insonni har taraflama aqlini charxlaydi. Siz bu erda xuddi bir jamoaning murabbiyideksiz. Joystikni qo'lingizga olasiz va o'zingiz istagan jamoani o'zingiz istagan taktikada o'ynata olasiz. SHuning uchun ham ushbu sport turi bilan shug'ullanaman degan barcha yoshlarni kiberfutbolga taklif qilib qolaman.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика