So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Sergey Lushchan: "Teng kuchli jamoalar kurashi guvohi bo'ldik" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Teng kuchli jamoalar kurashi guvohi bo'ldik"

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Navbahor" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.



- O'yin haqida fikringiz?

- Biz uchun juda qiyin bo'ldi. Aytarli hech nima o'xshamadi, ayniqsa hujumda. Bu nima bilan bog'liq, tahlil qilib ko'ramiz. Raqib ham ko'p vaziyatlar yaratdi deya olmayman. Teng kuchli jamoalar kurashi guvohi bo'ldik. Yakkakurashlar ko'p bo'ldi, balki yutmaganimizga maydon xalaqit bergandir, bir narsa deya olmayman. Shunga qaramay futbolchilarga rahmat aytdim.

- Ruslanbek Jiyanov zaxiraga olinishiga nima sabab bo'ldi?

- Chunki u biz kutgan o'yinni namoyish qilmadi. Jiyanov, Mirsaidov jamoamiz bilan asosiy yig'inda bo'lishmadi, ularning ikkisi deyarli mashg'ulot o'tkazmadi. Bir oy hech nima qilmasdan faqat dam olishdi. Xuddi shuningdek, boshqa futbolchilar ham mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmadi. Boltaboev bir oyni hujjatlarini tayyorlash bilan o'tkazdi. Xullas, hozirgi tarkibda mashg'ulotda qatnashmagan 7-8 futbolchi o'ynayapti. Shuning uchun zo'rg'a durang qayd etayotganimizdan ham xursandman. Jamoada nima bo'layotganini bilish uchun jamoaning ichida bo'lish kerak. Men jamoa ichida bo'lganim uchun hammasini bilaman.

- "Navbahor" ketma-ket uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Buning sababi nimada? 

- Bu jamoaning funkcional holati bilan bog'liq. Birinchi davra oxirlarida 10 nafarga yaqin yoshlarni majburan asosiy tarkibga o'tkazdik, chunki zaxiramizda hech kim qolmagandi. Mana hozir ko'ryapsiz, yoshlar o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti. Biz reja bo'yicha ishlashda davom etyapmiz. Albatta, aqllilar ham bor, bizga nima qilish kerakligini o'rgatadigan. Lekin men ularga quloq solmayman.

- Bugungi muxlislik va performans sizga yoqdimi? 

- To'g'risi, o'yin payti diqqat etiborimni faqat maydonga va futbolchilar harakatiga qarataman. Bazan baqirishadi, ammo men etibor bermayman, bazan tushunmayman ham. Muxlislik har doim jamoaga nisbatan bir xil bo'lishi kerak. Yutganda qarsak chalib, yutqazganda so'kish fan-klubning ishi  emas. Bu muxlislik madaniyatiga umuman to'g'ri kelmaydi.

- Yangi kelgan o'yinchilar haqida nima deya olasiz?

- Ularning jamoamizga kelganiga endi 10 kun bo'ldi. Ozroq vaqt kerak, keyin ular ham o'zlarini ko'rsatadi. Bu yil bizga oson bo'lmayapti, boshidagi 7ta turni juda qiynalib o'tkazdik. Men yangi kelganlarga to'liq ishonaman.

- Ketganlarni ushlab qolsa bo'larmidi? 

- Ijaraga ketganlar bo'ldi va ularni o'zimiz qo'yib yubordik. Kimgadir 200 baravar ko'p maosh taklif qilishdi va u ketdi. Bu normal holat. Yaxshi taklif bo'lsa futbolchi ketadi.

- 25 avgust kuni yana "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib borasiz.

- Futbolchilar o'zgarmaydi, 20 nafar o'yinchi qaydnomadan joy oladi. Lekin qanaqa o'yin ko'rsatishimizni vaqt ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика