So’nggi yangiliklar

11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  0 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  6 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  7 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  36 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  30

"SHahrixonchi", "Qumqo'rg'on-1977" va "Zomin" Birinchilik kubogiga qo'yilmaydi Yangiliklar

"SHahrixonchi", "Qumqo'rg'on-1977" va "Zomin" Birinchilik kubogiga qo'yilmaydi

24 sentyabr kuni Birinchi liganing so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tgandi.

Reglament asosida navbat Birinchilik kubogiga etib keldi. Undan avval esa Liga musobaqa ishtirokchilarining umumiy ish faoliyatini o'rganib chiqdi. 

Afsuski, Birinchi ligada ishtirok etayotgan futbol jamoalarining ayrimlari qonunchilik hujjatlari asosida faoliyat yuritishda sustkashlikka yo'l qo'ymoqda. Jumladan, "SHahrixonchi", "Qumqo'rg'on-1977", "Zomin" kabi jamoalar mavsum avvalida Liga tomonidan qo'yilgan talablarning birortasini bajarmagan.

"SHahrixonchi" futbol klubida buxgalteriya hisobi, hujjatlar umuman yuritilmaydi. Futbolchilar bilan mehnat shartnomalari shunchaki rasmiylashtirilgan, ularga ish haqi deyarli to'lanmaydi. Klubda rahbariyat, xodimlar, murabbiylar uchun sharoit mavjud emas. Eng achinarlisi, klub direktori nomiga tayinlangan bo'lib, u Liga mutaxassislari bilan suhbatda o'zining klubga aloqador shaxs emasligini malum qilgan va biror masalada masuliyatni o'z zimmasiga olmagan.

So'nggi ikki mavsum davomida Liga SHahrixon tumanida katta futbol uchrashuvlarini tashkil etish uchun harakat qildi. Jamoa Ikkinchi liga g'olibi sifatida Liga qatnashchilari safiga qo'shilgandi. Ammo tumanda futbol na hokimlik va na homiylar tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Tumandagi stadionni yaxshilash bo'yicha berilgan kafolat va vadalar bajarilmadi. SHundan kelib chiqib, Liga "SHahrixonchi" jamoasiga faoliyatini Ikkinchi ligada davom ettirishni tavsiya qiladi. Uni qatnashchilar safidan chiqarish masalasi Liga Ijroiya qo'mitasi kun tartibiga kiritiladi.

SHuningdek, mutaxassislarimiz Qumqo'rg'onda bo'lib, "Qumqo'rg'on-1977" jamoasi faoliyati bilan ham qayta tanishib chiqdi. Klubda hujjatlar qisman yuritiladi, biroq buxgalteriya hisobi belgilangan tartibda yuritilmaydi. Buning oqibatida klub hisob-raqamiga kelib tushgan homiylik mablag'lari aynan qanday maqsadlarda ishlatilganini tasdiqlovchi hujjatlar etarli emas. Futbolchilarga mavsum boshidan buyon faqatgina bir marta ish haqi to'langan bo'lib, qolgan davrlar uchun to'lovlar masalasi hal etilmagan. SHuning uchun jamoada rahbariyat hamda ayrim futbolchilar o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Qo'shimchasiga, jamoa Birinchi liganing so'nggi 17-turiga asossiz tashrif buyurmadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Qumqo'rg'on-1977" jamoasi ham Birinchilik kubogi uchrashuvlariga qo'yilmaydi.

"Zomin" jamoasi 2022 yilgi mavsum yakunida Licenziyalash talablarini umuman bajarmaganidan kelib chiqib, PRO-Ligadan Birinchi ligaga tushirilgandi. SHunga qaramay, jamoa rahbariyati PRO-Ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun bir qator yolg'on malumotlar bilan turli vositalarni ishga solib ko'rdi. Vaholanki, "Zomin" klubining bugungi ahvoli Birinchi liga talablariga ham javob bermaydi. Unda hujjatlar va buxgalteriya hisobi belgilangan tartibda yuritilmaydi. Klub uchun etarlicha sharoitlari mavjud stadion hamda o'quv-mashg'ulot bazasi qurib berilgan bo'lsa-da, futbol klubida faoliyat yuritayotgan birgina shaxsdan boshqa rahbariyat organi faqat qog'ozdagina mavjud. Futbolchilarga mart va aprel oylari uchun ish haqi qisman berilgan, qolgan oylarda ularga shartnoma asosida ish haqi to'langanligi yuzasidan malumot mavjud emas. Klub deyarli moliyalashtirmasligidan kelib chiqib, uning safar va boshqa harajatlari naqd pul ko'rinishida qoplab borilgan. Biroq bu mablag'lar manbasi malum emas. O'rganishlar natijasi shuni ko'rsatadiki, "Zomin" futbol klubining Ikkinchi liga jamoasidan mutlaqo farqi yo'q.

Liga, shuningdek, "Do'stlik Toshkent", "Paxtakor-79", "Yangier", "Jizzax" kabi klublar faoliyatida ham ayrim kamchiliklarni qayd etdi. Biroq mazkur kamchiliklar yuqoridagilar kabi emasligidan kelib chiqib, mazkur jamoalarga mavsum yakuniga qadar imkoniyat taqdim etiladi. Dekabr oyiga qadar bu kamchiliklar bartaraf etilmasa, mazkur jamoalarning Liga qatnashchilari safida qolishi masalasi Ijroiya qo'mita kun tartibiga kiritiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика