So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

SHahram yoki Bobousmon? Dilshod yoki Bektemir? Tokio Olimpiadasiga qaysi bokschilarimiz borishi mumkin? Yangiliklar

SHahram yoki Bobousmon? Dilshod yoki Bektemir? Tokio Olimpiadasiga qaysi bokschilarimiz borishi mumkin?

Teglar :  Boks
2020 yilda to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Mazkur Olimpiadada O'zbekiston delegaciyasi uchun asosiy medal taqdim etuvchi sport turi shubhasiz boksdir. Boks bo'yicha Olimpiadaga licenziya taqdim etuvchi musobaqa 2020 yilning fevral oyida Xitoyning Uxan shahrida o'tkaziladi. Ayni paytda o'zbek boksi muxlislarini terma jamoamiz o'sha musobaqaga qanday tarkib bilan borishi mumkin degan savol qiziqtirmoqda. Katta ehtimol bilan O'zbekiston boks federaciyasi va Marat Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi licenzion turnirda ishtirok etadigan tarkibni aniqlab bo'lgan. 

Biz ushbu tarkib qanday bo'lishi mumkinligi haqida biroz tahlil qilib ko'rsak. 

2016 yilgi Olimpiya o'yinlaridan farqli ravishda bu safar erkaklar 8 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishadi. Braziliya mezbonlik qilgan Olimpiadada esa vakillarimiz 10 ta vazn toifasida 7 ta medal qo'lga kiritishgandi. Tokiodagi musobaqada vazifa yanada qiyinlashishi aniq. Demak, boshladik. 


-52 kg. Ushbu vaznda bir qator iqtidorli bokschilarimiz etarli. Ammo Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov bu borada favorit. SHahobiddin buni uch oy oldin Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionatidagi oltin medali bilan ham isbotlab qo'ydi. Hasanboy Do'smatov, Nodirjon Mirzahmedov, Abrorjon Qodirov va boshqa bir qator bokschilarimizning qolib ketishlari albatta achinarli. Lekin, Zoirovning qanday formada ekanligini barchamiz ko'rib, bilib turibmiz. SHu sababdan ham, murabbiylar shtabi aynan SHahobiddin Zoirov variantida to'xtalishsa kerak. 


-57 kg. Miraziz Mirzahalilov. Osiyo o'yinlari, Osiyo chempionati, Jahon chempionati oltin medali sohibiga albatta Olimpiya o'yinlarida ham imkoniyat taqdim etiladi. 30 yanvar kuni Murodjon Ahmadaliev professional boksda ikkita kamar uchun jang o'tkazadi. Mirazizdan xech bir jabhada qolishmaydigan Abdulhay SHorahmatov ham yaqin orada professional boksga o'tish arafasida turibdi. Ortiqcha gap-so'zga hojat bo'lmasa kerak. 

-63 kg. Terma jamoamizda bugungi kundagi eng og'riqli vazn toifalaridan biri. Rossiyadagi jahon chempionatida ...


Maqolaning to'liq qismi bu erda > > > SHahram yoki Bobousmon? Dilshod yoki Bektemir? Tokio Olimpiadasiga qaysi bokschilarimiz borishi mumkin?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика