So’nggi yangiliklar

00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   188 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1

SHahboz Umarov: "Koronavirus bo'yicha yolg'on malumot tarqatishdi" Yangiliklar

SHahboz Umarov: "Koronavirus bo'yicha yolg'on malumot tarqatishdi"

Belarusda faoliyatini davom ettirayotgan yurtdoshimiz, AGMK jamoasining sobiq futbolchisi, ayni payt Jasur Yaxshiboev bilan birgalikda "Energetik BGU" klubi sharafini himoya qilayotgan SHahboz Umarov saytimizga kechagi o'yin, koronavirus bo'yicha yolg'on malumot va debyut goli haqida malumot berdi.

"Kechagi o'yinni yomon boshladik va gollar o'tkazib yuborildi. Keyinchalik o'zimizga kelib, o'z o'yinimizni yo'lga qo'ydik. Birinchi bo'lim gollarga boy tarzda o'tdi. O'ylashimcha, mazkur bahs muxlislarga yoqdi. Lekin yakunda g'alaba qo'ldan chiqarildi.

Urgan golimga keladigan bo'lsam, xursandman. Nihoyat Belarus chempionatidagi gollarim sonini ochib oldim.

Haqiqatdan ham hozirgi jamoadagi rolim birmuncha boshqa. Yani, avval chap qanot vingerida o'ynardim. Deyarli orqaga qaytmasdim. "Energetik"da esa butun qanot bo'ylab harakatlanishim, orqaga qaytib, himoyaga ham yordam berishim lozim. Bunga ko'nikish oson bo'lmadi. Juda ko'p mehnatni talab qiladigan rol. Ayni dam bu rolga moslashib, ko'nikib qoldim.

Koronavirus? Bizning jamoadan bunday holat aniqlanmagan. SHunchaki jamoadoshimiz, legioner Junior shamollab qolgandi. Murabbiy esa tavakkal qilmadi va futbolchini uyida qolib davolanishiga imkoniyat berdi. Keyinchalik matbuotda noto'g'ri malumot sizdirildi. Butun jamoadan test olishdi, hech kimda koronavirus aniqlanmadi. Hammasi joyida. Bularning barchasi yolg'on, shunchaki gap-so'zlar.

Bizni har mashg'ulotlardan avval qatiy tekshirishadi, doimiy nazoratdamiz. Murabbiy futbolchilardan ko'chaga chiqmaslikni, doim uyda qolishni talab qiladi. Uydan faqat mashg'ulotlar payti chiqamiz, qolgan paytda uyda o'tirish qoidasiga amal qilyapmiz.

Belarusda koronavirus avjiga chiqqan bo'lsada, odamlar ana xotirjam. Hech qanday vahima yo'q. Barcha xotirjam va vahimasiz o'zining ehtiyotini qilib yuribdi. Qo'limizni juda ko'p va tez-tez yuvib, hech kim bilan qo'l bilan so'rashmasdan yuribmiz", - deya gapirib o'tdi SHahboz Umarov saytimiz muxbiri bilan bo'lgan suhbatda.


Eslatib o'tamiz, Umarov va Yaxshiboev faoliyatini davom ettirayotgan "Energetik BGU" jamoasi Belarus chempionatida ayni paytda ikkinchi pog'onada ketmoqda. Kecha jamoa 11-tur doirasida "Vitebsk" bilan jangovor durang qayd etdi. Mazkur bellashuvni Yaxshiboev o'tkazib yuborgan bo'lsa, Umarov o'zining debyut golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" 90+5 daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi, Umarov esa musobaqadagi ilk golini urdi (+jadval)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика