So’nggi yangiliklar

21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  20 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  69 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  6 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4

SHahboz Beg'amovdan bugungi o'yinlarga prevyu Yangiliklar

SHahboz Beg'amovdan bugungi o'yinlarga prevyu

Bugun O'zbekiston Superligasi 6-tur doirasidagi ikki o'yin bo'lib o'tadi.

«Qizilqum» — «Navbahor» o'yini haqida:

— Jadvalda yuqorida joylashgan, to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilar to'qnashuvi. «Qizilqum» mag'lubiyatsiz odimlamoqda, «Navbahor»da esa barqarorlik yo'qolgan. Lekin yaqinda bu jamoalar kubokda duch kelganida Babayan jamoasi ishonchli tarzda yutgani va o'shanda raqibni yaxshi o'rganib, zararsizlantira olganini guvohiga aylangandik. Bu gal ham «Navbahor»da imkoniyat yuqoriroq, degan fikrdaman. Birinchidan, «Qizilqum» garchi mag'lubiyatsiz davom etayotgan bo'lsada, o'yin taraflama yuqori darajada emas. Ikkinchidan, «Qizilqum» startda nisbatan osonroq raqiblar bilan to'qnashdi va unda futbolchilar mahorati katta sahnaga chiqdi. Aytmoqchi bo'lganim, «Qizilqum» yutishi kerak bo'lgan o'yinlarni yutdi. Endi yutishi qiyin bo'lgan uchrashuvlar arafasida. Bu kategoriyadagi raqiblar bilan jamoa ancha «terlaydi». Uchinchidan, teng kuchli jamoalar to'qnashganda nafaqat futbolchilar mahorati, balki o'yinga tanlanadigan taktikaga ko'p narsa bog'liq. Babayan jamoasi o'yini juda mazmunli bo'lmasada, raqibga muammo tug'dira oladi. Kubokda isbotlandi. SHuningdek, yakka ijrochilar mahorati bobida «Navbahor» ancha ustunroq. Bu shunchaki meni qarashim va fikrlarim. Balki «Qizilqum» fikrlarim noto'g'riligini isbotlar, ko'ramiz.


«Lokomotiv» — «Surxon» o'yini haqida:

— Jadvalda autsayder maqomida turgan jamoalar ishtirokidagi qizg'in o'tishi kutilayotgan duel. Har taraflama o'zgargan jamoalar. Garchi ikkala jamoa hozircha pastda bo'lsada, bu o'yin darajasi ham shunga monand o'tadi, degani emas. Klopp taqlidchisi sifatida shov-shuv ko'targani va yoshligini inobatga olmasa, Korostichenko murabbiy sifatidagi imzosi (muxlislardan tashqari) orqali hali hech kimni hayratga solgani yo'q, menimcha. «Surxon»ning ispaniyalik koachi Lopez esa garchi natija taraflama jamoada yangilik qilmagan bo'lsada, o'yin jihatidan maqtovlar qurshovida. Avvalgi tep-yugur, mazmunsiz va maqsadsiz, o'yinni boshlaganidan cho'zish uchun o'ynaydigan jamoadan asar ham qolmagan. Futbol o'ynashga intilayotgan, tarkibi g'aribroq bo'lsada maydonda buni sezdirmayotgani, bu albatta murabbiy imzosi, menimcha. «Surxon» o'yinida jonlanish, avval kuzatilmagan yoqimli o'yin uslubi shakllanayotganini inkor etish qiyin. Natija esa o'zgarishi vaqt masalasi. Kubokda natija taraflama jonlanish kuzatilgani chempionatda ham bu palla kelayotganidan darak. Demak aynan bugungi o'yin o'sha pallaga to'g'ri keladimi yoki yo'q, buni bir necha soatlardan keyin ko'ramiz. Tarkib jihatdan «Loko» ustun, lekin jamoaning o'yin kartinasi va murabbiy faktori «Surxon»ni ilk g'alabaga etaklaydi, degan fikrdaman.


«So'g'diyona» — «Metallurg» o'yini haqida:

— Ikki ikkinchi raqam bilan o'ynashni xushlaydigan jamoalar. Aynan ikkinchi raqam bilan o'ynaydigan o'yinlarda ular o'z ustun taraflarini ishga solish bo'yicha kuchliroq jamoalar. Bu jamoalar, ayniqsa «So'g'diyona» ishtirokidagi o'yinlarda kichik epizodlar o'yin taqdirini hal qiladi. «Metallurg» bilan Jizzaxdagi o'yinda «So'g'diyona» ko'proq tashabbusni o'z qo'liga olishga majbur. Raqib balki kuchsizdek ko'rinar, lekin uslub jihatdan noqulayligi bor. «Metallurg» esa avvalo gol o'tkazib yubormaslik vazifasida o'ynaydi va tabiiyki «So'g'diyona»ga qarshi hujum yoki standart vaziyatlarini yaratishga tish tirnog'i bilan qarshilik qiladi. Va aynan o'zi shu imkoniyatni poylaydi. Bu uchrashuvda o'yin taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan epizodlar kam bo'ladi, nazarimda. Agarda bunday epizodlar kuzatilmasa, tabiiyki durang bo'lishi mumkin. Qiyin, kurashlarga boy o'yin. CHunki tavakkal qilishni yoqtirmaydigan, minimal ochkoni ham qadrlaydigan ikki jamoa.


SHAHBOZ BEG'AMOV

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика