So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

SHahboz Beg'amov: "Borussiya D"ning asosiy kuchi bu uning raqibi "Real" ekanligi Yangiliklar

SHahboz Beg'amov: "Borussiya D"ning asosiy kuchi bu uning raqibi "Real" ekanligi

Ikkita super futbol bahslari bizni kutib turibdi. O'ylashimcha, bugun har ikkala o'yin ham futbol tili bilan aytganda, "gollar-yomg'iri" ostida o'tishi mumkin.
Madriddagi o'yin muxlislarga ko'proq gol taqdim etishi mumkin. "Real" - "Borussiya D" uchrashuvida yaqqol favorit deb barcha "Real"ni ko'rsatmoqda. Bu gapga qo'shilish ham mumkin. Ammo Madrid jamoasi raqibiga nisbatan yana bepisandlik bilan qarash noto'g'ri. O'tgan mavsum saboqlari etarli.

Hamma odatdagidek "Real"ni yaqqol favorit qilib qo'ygandi va yakunda nima bo'lganini barcha eslasa kerak. To'g'ri, hozirgi va avvalgi "Borussiya D" bilan tenglashtirish biroz g'alati tuyulishi mumkin. Lekin raqib o'sha-o'sha. Kadrlar masalasida ham etarlicha muammolar bor. Levandovski o'yinni o'tkazib yuboradi. Yana bir qancha jarohatlangan futbolchilar. "Borussiya D"ning asosiy kuchi bu uning raqibi "Real" ekanligi. Dortmund jamoasi bunday bahslarda qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Yurgen Klopp o'tgan mavsum Joze Mourinoga ko'p jihatlar bo'yicha zo'rligini isbotlab qo'ygandi.

Bu yil Anchelottiga isbotlashga harakat qilib ko'radi. Bu bellashuvda "Real"ning imkoniyatlari yuqoriroq. Lekin bu to'qnashuvda masala hal degani emas. O'yin qiziq o'tadi. Aynan kim g'alaba qozonishi haqida taxmin qilmoqchi emasman. Lekin aslo "Real"ning raqibini autsayder deb bo'lmaydi. O'ylashimcha, bugun har ikkala darvozabon gol o'tkazib yuboradi. "Real"ning hujumlari "yovvoyi", Dortmunliklarning qarshi hujumi Madrid jamoasi uchun "qo'rqinchli" yakunlanishi mumkin.

Joze Mourino bugun "PSJ"ga qarshi safarda zo'rligini isbotlashi talab etiladi. Ibragimovich esa APLdagi jamoalar himoyasi men uchun katta muammo emas degan gapiga bugun javob bera olishi kerak. "CHelsi" himoyachilari APLdagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Zlatan bugun gapirgan gapiga maydonda javob bera olishi ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak. O'ylashimcha, bu o'yinda maydon egalari kichikroq hisobda g'alaba qozonishlari mumkin. Lekin "CHelsi" himoyasini yorib o'tish juda ham qiyin bo'ladi. ECHL chorak finallarida, yanayam kuchli jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlarda favorit va autsayder degan tushunchalar yig'ishtirib qo'yiladi. Hammada imkoniyat bor va barcha jamoalar o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishga harakat qilishadi. Asosiysi, bugungi o'yinlardan kuchli va yuqori sifatli super futbol kutmoqdaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика