So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

“Sevinch” ayollar futbol klubi “Nasaf” bilan birlashtirildi Yangiliklar

“Sevinch” ayollar futbol klubi “Nasaf” bilan birlashtirildi

2021 yilning 1 dekabr kuni “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ijro organining 018/75-sonli yig'ilish bayoniga muvofiq “Sevinch” ayollar futbol klubi belgilangan tartibda qo'shish bo'yicha tugatilib, futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, boshqaruvini takomillashtirish, klub faoliyatini rivojlantirish, uning nufuzini yanada oshirish maqsadida “Nasaf” futbol klubi tarkibiga qo'shilgan.

Mazkur jarayonda “Sevinch” va “Nasaf” klublaridagi bir-birini takrorlovchi ortiqcha shtat birliklarini maqbullashtirilishi natijasida “Sevinch” jamoasining boshqaruv tarkibini qayta ko'rib chiqish maqsad qilingan. Yani, “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ klublardagi ortiqcha harajatlarni kamaytirishga qaror qilgan. Endilikda “Nasaf”ning malakali mutaxassislari “Sevinch” futbol jamoasi faoliyatini tashkil etishda bevosita ishtirok etadi.    

“Sevinch” futbol klubi “Nasaf” futbol klubiga qo'shilganidan kelib chiqib, 2022 yilning 21 yanvar kuni qayta davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Mazkur ayollar jamoasi jahonda o'z nomi va o'rniga ega ekanligidan kelib chiqib, “Sevinch” nomi saqlab qolingan. SHundan kelib chiqib, “Nasaf” ayollar jamoasi “Sevinch” nomi bilan O'zPFL musobaqalarida ishtirok etadi. 

Malumot uchun, OFK licenziyalash reglamentiga ko'ra, har bir erkaklar klubi qoshida ayollar jamoasining bo'lishi tavsiya etiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика