"Sevilya" Sampaolini bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi
21 mar 2023 15:15
Yangiliklar
"Sevilya" Sampaolini bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi
Murabbiy jamoani oktyabrdan beri boshqarib kelayotgandi.
Ispaniya klubi 63 yoshli argentinalik mutaxassis Xorxe Sampaoli bosh murabbiylikdan bo'shatilganini malum qildi.
Sampaoli jamoani 2022 yilning oktabrida qabul qilib olgandi. O'shandan beri uning qo'l ostida jamoa 31 ta uchrashuv o'tkazib, 13 ta g'alaba, 6 ta durang va 12 ta mag'lubiyat qayd etdi.
Malum bo'lishicha, andalusiyaliklar "Alaves" va "Eybar"ning sobiq ustozi Xose Luis Mendilibar bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Sevilya" La Liganing 26-turidan so'ng 28 ochko bilan turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar