"Sevilya" Depayni ko'ndirmoqchi
17 noy 2022 18:29
Yangiliklar
"Sevilya" Depayni ko'ndirmoqchi
Klub niderlandiyalik futbolchini yanvar oyidayoq o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. “Sevilya” “Barsa” forvardini jamoa hujumiga jon kiritadigan munosib nomzod, deb bilmoqda. CHunki jamoa quyi ligalarga tushirib yuboradigan so'nggi pog'onalardan chiqib ketmoqchi. Jamoa La Liganing so'nggi uchligidan o'rin olgan va ortda qolgan 14 turda atigi 13 ta gol urdi.
Hozirda Niderlandiya termasi safida bor etiborini Jahon CHempionatiga qaratayotgan Depay “ko'k-anorranglilar” tarkibida Robert Levandovski, Usman Dembele, Ansu Fati, Rafinya va Ferran Torreslar orasida 5-tanlov hujumchisi bo'lib qolmoqda.
Sobiq “Lion” va “Manchester Yunayted” futbolchisining Kataloniya klubi bilan shartnomasi ushbu mavsum so'nggida tugaydi. “Sevilya” amaldagi jamoasi futbolchini moliyaviy muammolar paytida tekinga qo'yib yuborishiga umid qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar