Serxio Ramos "Real" - "Alaves" uchrashuvini o'tkazib yuboradi
01 apr 2017 15:26
Yangiliklar
Serxio Ramos "Real" - "Alaves" uchrashuvini o'tkazib yuboradi
"Real" himoyachisi Serxio Ramos o'z jamoasining mashg'ulotida ishtirok etmadi va "Alaves"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 29-tur bahsini o'tkazib yuboradi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsumning hal qiluvchi qismidan avval jamoa sardoriga dam berdi.
"Real" - "Alaves" bahsi 2 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar