So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  0 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  2 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  6 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  3 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  6 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  7 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   88 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  13 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0

Server Jeparov: “Avstraliya bilan uchrashuv... bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi” Yangiliklar

Server Jeparov: “Avstraliya bilan uchrashuv... bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi”

26 mart kuni Avstraliyaning Sidney shahrida Osiyo kubogi-2015 final bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy jamoasi V guruhida Xitoy, KXDR va Saudiya Arabistoni termalariga qarshi bahs olib boradi.
Qura biz uchun omadli kelgandek. Lekin boshqa tomondan, bunday fikr bildirolmaymiz. Agar chorak finalga chiqsak, bu bosqichda jamoamizni mezbonlar yoki Janubiy Koreya termasi qarshi olishi ehtimoli katta. Avvalo guruhdan chiqish kerak. Bu vazifani bajarish Qosimov jamoa­si uchun oson kechmaydi. Biz termamiz sardori Server Jeparov bilan bog'lanib, ayni shu mavzu xususida gaplashdik.

- Server, shaxsan siz qurani qanday qabul qildingiz?

- Boricha. Lekin shunisi aniqki, chorak finalga chiqish oson emas. Avvalgi Osiyo chempionati bilan taqqoslaganda, 4ta terma jamoada ham bosh murabbiy almashgan va tabiiyki, ularning o'yin uslubida ham o'zgarish ro'y bergan. KXDRni inobatga olmaganda, Saudiya va Xitoy chempionatlari yildan-yilga kuchaymoqda. Ichki chempionatning kuchayishi terma jamoaga ijobiy tasir o'tkazadi. SHu jihatdan olib qaraganda, ikkala mamlakat terma jamoasida o'sish ko'zga tashlanyapti. Saudiyada ham, Xitoyda ham ko'zga ko'ringan xorijlik mutaxassislar ishlashyapti. Legionerlar tanlovida ham klublar qattiqqo'l siyosat olib borishyapti. Bu esa o'z mevasini bermoqda.

- Osiyo kubogi kelasi yili yanvar oyida bo'lib o'tadi. Bu vaqt biz uchun hamisha noqulay...

- SHaxsiy fikrim, bu biz uchun eng qulay vaqt. Tayyorgarlik ko'rish nuqtai nazaridan shunday. Faqat, hamma gap qanday tayyorgarlik ko'rishda. Agar o'quv-mashg'ulot yig'inlari va o'rtoqlik uchrashuvlari etarlicha o'tkazilsa, yanvar oyi zararimizga ishlamasa kerak. So'nggi bosqich yig'inlarini iqlim sharoiti Avstraliyanikiga yaqin davlatlarda o'tkazish lozim. Men Avstraliyani juda yaxshi bilaman. Odatda u erda yanvar oyida havo issiq va namgarchilik yuqori bo'ladi.

- Agar guruhdan chiqsak, chorak finalda Avstraliya bilan to'qnash kelishimiz mumkin. Qatar-2011 yarim finalidagi mag'lubiyatni unutmadingizmi?

- Bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi. Lekin o'sha uchrashuvda bunday yirik hisobli mag'lubiyatga munosib emasdik. Qo'pol qilib aytganda, darvozamiz tomon tepilgan to'plar golga aylanavergan. Boshqa tomondan, biz uchun musobaqa mezboni bilan o'yinlar aksariyat hollarda omadli o'tgan. Aytaylik, 3 yil oldin ochilish o'yinida Doxada Qatarni 2:0 hisobida taslim etgandik.

- Tanlash imkoniyati bo'lganida, chorak finalda J. Koreya bilan o'ynagan maqulmi yoki Avstraliya bilan?

- Men Nostradamus emasman (kuladi). Yarim final yo'lida kimning raqiblik qilishi unchalik muhim emas. Maqsadimiz oliymi, demak, raqib tanlash yarashmaydi.

- Server, so'nggi 2 haftada Koreya matbuoti siz haqingizda juda ko'p yozdi. Asosan jamoangiz bosh murabbiyining fikrlari keltirildi. Avvaliga sizni “Futbolchi emas”, dedi. Keyin jurnalistlar fikrini noto'g'ri talqin qilishganini aytdi...

- Menimcha, keyingi intervyularida meni jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida aytsa kerak (kuladi). Keling, bu mavzuda gaplashmay qo'ya qolaylik. Bosh murabbiyni muhokama qilishni istamayman. Hammaning o'ziga insof bersin.

- Lekin O'zbekistonda siz haqingizdagi malumotlarni o'qiganlar noto'g'ri fikrga borishlari mumkin...

- Odamlar har xil. Tabiiyki, ular turlicha fikrlaydilar. Klubning ichida nima bo'layotgani, murabbiyning qanday fikrda ekanligini o'zim bilaman. Bilganlarimni doston qilishim shart emas. Bundan faqat o'zimga ziyon etishi mumkin.

- Siz terma jamoa sardorisiz. Yuzaga kelgan holat faoliyatingizga salbiy tasir o'tkazishi hech gap emas. SHu haqda ham o'ylab ko'rdingizmi?

- O'ylayapman. Lekin hozirgi sharoitda hech narsa qilolmayman. Bosh murabbiyning aytgani bo'ladi.

- O'yiningizda pasayish kuzatilgani o'zingizga sezilmayaptimi?

- O'z o'yinimga baho berishim to'g'ri emas. CHetdan o'yinimni kuzatayotgan mutaxassislar fikrlariga quloq solish lozim.

- Standart vaziyatlardan to'p uzatishlaringiz avvalgidek chiqmayapti...

- Bahona qilmoqchi emasman va buning sabablarini ham nimadandir izlamayman. Balki pasayish bo'layotgandir ham. Bu holat chetdan yaxshiroq ko'rinadi.

- Toshkentda BAAga qarshi kechgan uchrashuvda milliy jamoa tarkibida 100-yubiley o'yiningizni o'tkazdingiz. Sizni o'zgacha his-hayajon chulg'ab olgan bo'lsa kerak?

- Bu o'ziga xos bayram g'alabasiz  tatirmidi?! Agar BAAni mag'lub etganimizda, 5 mart sanasini alohida eslab qolardim.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика