So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12

Server Jeparov: "Dastlabki daqiqalardagi hayajon o'yinga tasir o'tkazdi" Yangiliklar

Server Jeparov: "Dastlabki daqiqalardagi hayajon o'yinga tasir o'tkazdi"

​Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bugungi o'yinda omadimiz kelmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida futbolchilarimizdagi hayajon o'yinga tasir o'tkazdi, deb o'ylayman. Raqibning tezkor goli vaziyatni o'zgartirib yubordi. Xato hayajondan kelib chiqdi deb o'ylayman. Ikkinchi golni ham shu tarzda o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizning hayajoni ancha joyiga tushdi va yaxshi o'yin ko'rsata boshladik. G'alaba uchun harakat qildik. Buning natijasida raqib ham taktikasini o'zgartirdi. Hisob 2:1 ko'rinishiga kelgach, mehmonlar murabbiylari ham biroz hayajonlangandek tuyuldi. Mamasidiqovning ajoyib zarbasi gol bilan yakunlanganda, o'yin tizgini o'zgarib ketardi. “Nasaf”ning g'alabasi bilan jamoani tabriklayman. Ularga OCHLda omad tilab qolaman. SHuningdek, Timur Kapadze va Olimpiya terma jamoamizning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga zafar tilayman.

- O'tgan yili "Olimpik" barchaga boshog'riq bo'lgandi. Bu yilgi jamoaning o'yinidagi o'zgarishga tarkibdagi muammolar xalaqit qilmoqdami yoki boshqa jamoalar sizlarga qarshi o'ynashni o'rganib olishdimi?

- Bu futbol, barcha murabbiy raqibdan kelib chiqib, taktika va tarkib tanlaydi. O'tgan yili ham bizni kuzatishgan. SHuningdek, o'tgan mavsumga nisbatdan tarkibda o'zgarishlar etarlicha. Yangi futbolchilar taktikamizga tushib olishiga vaqt kerak bo'lmoqda. SHuningdek, jamoaning asosiy tarkibiga katta bosim tushmoqda. Ular juda ko'p o'yin o'tkazishmoqda. Bizda bir xildagi ikkita tarkib yo'q. SHuning uchun bu jihat natijaga tasir ko'rsatyapti. Jarohatlar va o'yinda olingan chetlatishlar ham natijaga tasir qilmoqda. Umuman olganda, juda yaxshi harakat qilyapmiz.

- O'yin avvalida tarkib tanlashda muammolar bo'lmadimi? Sababi, tarkibning o'zagi Xitoyda...

- Tarkibda Xitoyga yo'l olmaganlar qoldi. Jamoamizdan to'qqiz nafar futbolchi Osiyo o'yinlariga jo'nab ketdi. Ular asosiy futbolchilarimiz edi. Bugun maydonga tushgan yigitlarning asosi Yoshlar ligasi ishtirokchilari edi. Ularda o'yin amaliyoti etarli emasdi. Tarkibda muammolar yo'q, mavjud futbolchilar bilan o'ynay olamiz. Ikki hafta davomida ushbu bahsga yaxshilab tayyorgarlik ko'rishga harakat qildik. Bugungi o'yinda futbolchilarimiz jismonan o'yinga bardosh bera olishdi, deb o'ylayman. Umuman olganda, bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. Ha, texnik xatolar bor, o'yinchilarning darajasida farq bilinadi. Biroq ular hali yosh va biz ularning yanada o'sishlariga ishonamiz.

- Mamasidiqovga yanada rivojlanish uchun nima etishmayapti?

- Menimcha, uning holati barqaror, deb o'ylayman. Uning termaga chaqirilmaganiga sabab sifatida undan yaxshi o'yinchilar borligi, deb hisoblayman. Agar u o'z ishlashda davom etsa, Kapadze unga imkon beradi va terma jamoaga jalb etadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика