Sergey Rebrov APL klubini boshqarishi mumkin. U “Ferencvarosh”ni tark etdi
05 iyu 2021 20:50
Yangiliklar
Sergey Rebrov APL klubini boshqarishi mumkin. U “Ferencvarosh”ni tark etdi
Ukrainalik mutaxassis Sergey Rebrovning agenti SHandor Varga mijozi “Tottenxem”ni boshqarishi mumkinligini tasdiqladi.
“Men hali ham “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi bilan juda yaxshi munosabatdaman. U Budapeshtda bo'lganida, unga Sergeyning “Ferencvarosh”da ishlayotganini aytdim. U haqiqatan o'sha erda o'zini ko'rsatdi. Bu haqda bir necha bor gaplashdik va gaplashishda davom etmoqdamiz”, deydi Varga.
Rebrov qatorasiga uch yil (2019, 2020, 2021) “Ferencvarosh”ni Vengriya chempioni qildi. 47 yoshli mutaxassis kecha jamoani tark etdi. U 2000-2004 yillar "shporlar" sharafini fyautbolchi sifatida himoya qilgan.
Fikrlar