So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  1 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  37 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

Sergey Lushan: "Yosh futbolchilarimiz OCHLda katta tajriba to'plashdi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Yosh futbolchilarimiz OCHLda katta tajriba to'plashdi"

"Lahviya" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuvdan qoniqdim, yigitlar o'yinda borlarini berib o'ynashdi. Bundan xursandman. Bahs teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsa-da, bizda golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Bizning yoshlarimiz kerak bo'lsa bir o'yinda 4-5talab gol urishayapti, bazida esa umuman ura olishmayapti. "Lahviya"ni tabriklayman. Bu jamoaga keyingi bosqichda omad tilayman.

Bunday ob-havoda yuqori tezlikda o'ynash oson emas. Lekin shunday sharoitda imkon qadar yaxshi o'yin ko'rsatgan shogirdlarimga rahmat aytaman.

- "Bunyodkor" ushbu musobaqaning eng yosh jamoasi. Bu tarkibni kelajagi porloq ekanligini butun Osiyo bilib turibdi. Yigitlar musobaqadan nimalar olishyapti deb uylaysiz?
- Albatta bu juda katta musobaqa. Undan tajriba olamiz. Yoshlarimiz bu musobaqadan tashqari, Osiyoning boshqa turnirlarida ham ishtirok etishmoqda. Bu yigitlarni kelajakda milliy terma jamoaning munosib va etuk futbolchilari bo'lib etishishi uchun tarbiyalayapmiz. Bizni kuzatib borayotganingiz uchun tashakkur.

Lushanga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Eldor SHomurodov hamrohlik qildi.
"Ikkala jamoaga ham o'yin qiyin bo'ldi. Bunday havoda o'ynash oson emasdi. Guruh bosqichida qaerdadir omad etishmadi", - deydi SHomurodov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика