So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   2 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Sergey Lushan: "O'yinning so'nggi qismida faollashishimiz taktika bilan bog'liq holat edi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "O'yinning so'nggi qismida faollashishimiz taktika bilan bog'liq holat edi"

Superliga 2-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" (2:3) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Futbolda kim ko'p gol urgan bo'lsa, o'sha g'alabaga erishadi. O'yin menga yoqdi, futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Menimcha o'yinimiz muxlislarga ham manzur keldi deb o'ylayman. Ehtimol durang natija adolatli bo'lardi, ammo biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik. Raqibda ham ikkita imkoniyat bor, ammo ular undan gol ura olishmadi. Bu — futbol.



— FIFAning taqiqi sizlarga qanday tasir qildi?

— Ichki gaplarni aytmayman. Bizning jamoamiz mutlaq yangi. O'tgan yil tarkibdan faqat ikki kishi bor. O'zbekistondagi barcha o'z tarkibini saqlab qoldi, ammo bizda vaziyat boshqacha. Imkoniyatimizdan kelib chiqib sifatli o'yinchilarni oldik. Qaerdadir o'xshamoqda, qaerdadir esa yo'q. Mudofaa va hujumda muammolarimiz bor. Ishlashda davom etamiz.

— Alisher Odilov va Ruslan Jiyanov zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bu taktik qarormidi yoki ular 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmidi?

— Bu ko'proq taktik qaror edi. Ularga so'nggi 30 daqiqada o'yinni kuchaytirish kerakligini aytdim. O'tgan o'yinda bosim qila olmadik. Bu o'yinda esa birinchi bo'limda mudofaadan o'ynadik, ikkinchi bo'limda esa yosh va tezkor o'yinchilarni tushirdik. Doim ham bunday taktika qilamiz deya olmayman, ammo bugun ushbu rejamiz amalga oshdi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика