So’nggi yangiliklar

16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  17 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4

Sergey Kucherenko: "Nasaf" yashagan, yashamoqda va yashashda davom etadi" Yangiliklar

Sergey Kucherenko: "Nasaf" yashagan, yashamoqda va yashashda davom etadi"

"Nasaf" bosh menejeri Sergey Kucherenko klubdagi o'zgarishlar haqida video murojaat qildi.

"Viloyat hokimi, O'FA rahbariyati va O'zbekneftgaz rahbariyati tomonidan katta ish qilindi. 9 fevral kuni Toshkentda O'zbekneftgaz rahbari Muhiddin Abdullaev boshchiligida yig'ilish o'tkazildi. U kishiga klubni qo'llab-quvvatlagani, O'zbekneftgaz qaramog'idgi klublarning moliyalashtirilishi yaxshilangani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Asosiy tarkib reja bo'yicha ishlamoqda. 8 nafar futbolchi terma jamoalar safida yig'inda. Ular 18 fevral kuni etib kelishadi, "Nasaf" Toshkentga boradi va 3ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. 1 mart kuni Qarshida O'zbekiston Superkubogidan oldingi nazorat o'yini o'tkaziladi. 6 mart kuni Superkubok uchun "Paxtakor"ga qarshi bahs bo'ladi. Selekciya ishlari davom etmoqda.

Futbol maktabimiz o'quvchilari o'qishga qaytishdi va reja bo'yicha darslarga qatnashmoqda.

Klubimizning ashaddiy futbol muxlislariga murojaat qilmoqchiman, "Nasaf" yashagan, yashamoqda va yashashda davom etadi. "Nasaf"da barchasi joyida", - deydi Sergey Kucherenko videomurojaatda.




Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика