So’nggi yangiliklar

01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  2 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  9 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1

Sergey Kovshov: "Tanlovda adashmaslikka harakat qilaman" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Tanlovda adashmaslikka harakat qilaman"

Avval xabar berganimizdek, “Oq bo'rilar” jamoasi 17 iyuldan Toshkentda yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Safar oldidan Sergey Kovshov bilan birinchi davra yakunlari va tarkibga qo'shiladigan yangi futbolchilar to'g'risida qisqagina suhbatlashdik:

- Ortda qolgan birinchi yarim yillik natijalariga ko'ra, jamoaning ishtirokini qanday baholaysiz?

- Rostani aytsam, ko'nglim u qadar to'lmadi. SHogirdlarimning xatti-xarakatlariga qoniqarli baho qo'ya olmayman. Tabiiyki, nega degan savol tug'iladi. Malumki, bu yil oldimizda Superligaga qaytish vazifasi turibdi. O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoa har qanday musobaqada ham maksimal darajada ishtirok etishi kerak. Biz esa tanaffusga turnir jadvalida hatto ikkinchi o'rin bilan ham chiqa olmadik. Ligadagi asosiy raqobatchilarimiz - “Istiqlol”, “Neftchi”, “Oq tepa” ayniqsa, Muborakning “Mashal” jamoasiga o'z maydonimizda ketma-ket ikki marta mag'lubiyatga uchrashimiz vohadagi muxlislarimizni yaxshigina ranjitdi. Darvozamizdan bir o'yinda 3, 4 va 5 tagacha gol o'tkazib yuborganimizni qanday izohlashga ham hayronman. Bunda hammamiz – murabbiylar guruhi va futbolchilar aybdormiz.

- Demak yozgi tanaffusda selekciya ishlariga ham urg'u berilar ekanda?

- Yuqoridagi gaplardan ko'rinib turibdiki, tarkibni kuchaytirish masalasiga etibor qaratishimiz zarur.

- Qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchisiz?

- Umuman olganda barcha chiziqlarda o'zgarishlar bo'ladi. Yana ham aniqrog'i darvozabon, markaziy himoyachi, qanot yarim himoyachisi va hujumchiga ehtiyojimiz bor.

- Sir bo'lmasa, kimlar tarkibni tark etadi va qaysi futbolchilar “SHo'rtan” jamoasiga taklif qilinadi?

- Endi hozircha buni oshkor qila olmayman. Toshkentda o'tadigan yozgi o'quv-yig'inimizga bir qator malakali futbolchilarni taklif qilganmiz. Tayyorgarlik jarayonlari va o'rtoqlik uchrashuvlari davomida ularni sinab ko'ramiz. Bu safar tanlovda adashmaslikka harakat qilamiz.

- Bu yil yangi musobaqa tashkil qilindi. Jamoaning Liga Kubogidagi ishtirokini qanday izohlaysiz?

- Professional Futbol Ligasi tomonidan tashkillashtirilgan yangi O'zbekiston Liga Kubogi-2019 musobakadan ko'nglim to'ldi. Unda faqat Superliga emas, Pro-Liga jamoalarining ham ishtirokidan xursandaman. Guruhdan muvaffaqiyatli o'tdik. Lekin asosiy kurash oldinda turibdi. O'zbekiston Kubogida omadimiz yurishmadi. Bu turnirda esa g'oliblik uchun harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика