So’nggi yangiliklar

20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  106 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  4 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  13 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  3 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  2 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  14 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  24 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1

Sergey Arslonov: "Surxon"ning bugungi kunda egallab turgan o'rni tasodifiy natija emas" Yangiliklar

Sergey Arslonov: "Surxon"ning bugungi kunda egallab turgan o'rni tasodifiy natija emas"

Bugun Coca Cola Superligasi qoldirilgan 8-turdan o'rin olgan "Olimpik" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida qatnashdi.

“O'yin asabiy tarzda kechdi. Raqibning kuchli tomonlarini bilardik. Birinchi taymda raqibga ayrim xududlarni nazorat qilishiga halaqit qila olmadik. Ikkinchi taymda vaziyatni o'zgartirishga erishdik. Umuman olganda, o'yindagi vaziyatlardan kelib chiqsak durang adolatli natija”, - dedi Arslonov.

“Jamoamiz musobaqa jadvalida bugungi egallab turgan o'rnini olsak, ko'pchilik buni kutmagan bo'lishi mumkin, ammo jamoamiz ambiciyasi yuqori va bu tasodifiy natija emas. Aytishim mumkinki, xohish borasida hech bir jamoaga yutqazmadik”.

“Asilbek Jumaevning bugun maydondagi poziciyasi shunday edi. U o'yinni o'z qo'liga olishi va hujumlarni boshlab keskinlikni oshirishini rejalashtirgandik. SHuning uchun ham to'p uchun kurashlarda biroz keskinroq o'ynagan bo'lishi mumkin. Uning poziciyasi shuni taqozo qilardi. Hujumlarni boshlashda raqib hududiga yaqinroq o'ynadik. SHu bois, uning harakatlari biroz keskinroq ko'ringandir”.

“Jamoamiz yoshlarga etibor qaratayotgani o'z samarasini berayapti. Masalan, Jumaev yoshlar jamoasida o'ynab etiborga tushdi va bugun u asosiy tarkib o'yinchisi. Jamoamizning falsafasi ham yoshlarni jalb etishga va ularga imkon berishga qaratilgan. Qolaversa, yoshlarni o'zimizning mintaqadan qidirishga harakat qilayapmiz. Surxondaryoda doim istedodli futbolchilar etarlicha bo'lgan. Ularni tarbiyalab kelajakda asosiy jamoada o'ynashiga sharoit yaratib berish asosiy maqsadimiz. Murabbiy sifatida U21 jamoamiz o'yinlarini doimiy ravishda tomosha qilishga harakat qilaman. Bu musobaqa aynan yoshlarni ko'zdan kechirish va ularni asosiy jamoaga tayyorlab borishni ko'zda tutadi”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика