So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  23 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  16 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  6 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0

Sergey Arslanov: "Nimeliga Superliganing top klublari qiziqish bildirmoqda" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Nimeliga Superliganing top klublari qiziqish bildirmoqda"

"Surxon" - "So'g'diyona" uchrashuvidan (1:0) so'ng mezbonlar ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

"O'yin qiyin va asabiy o'tdi, buning ustiga bahs yakunida o'yinga 14 daqiqa qo'shib berildi. Jismoniy va ruhiy tomondan ko'p kuch sarfladik. Agar taymlar haqida gapiradigan bo'lsak, birinchi bo'limda ko'proq to'psiz harakat qilib, himoyaga ko'proq etibor berdik, ikkinchi taymda esa raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlar yaratdik. O'yin nega qiyin o'tdi? Birinchidan, raqib yaxshi harakat qildi, ikkinchidan, o'yinlar orasidagi farq kattaligi o'z tasirini ko'rsatdi" - deydi Sergey Arslanov.

- Nega Nimeli o'yinga qo'shilib keta olmadi?

- Birinchi bo'limda u rosa qiynaldi. Har doim himoyadan hujumga o'tishda hujumchilar to'pni saqlashi, to'pga chiqishi haqida gapiramiz. U shunday harakat qilishga urindi, ammo raqib bunga imkon bermadi. Ikkinchi bo'limda esa unga vaziyatlar etishmagan bo'lsada, Nimeli himoya va hujum o'rtasidagi bog'lovchi vazifasini bajarib berdi. Aynan u tufayli himoyadan chiqib, xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Ha, u charchab qoldi. Maydonga ikkinchi hujumchi tushishi o'yinimizni kuchaytira oldi. Ularning biri to'pni saqlagan bo'lsa, ikkinchisi raqibni aldashga harakat qildi. 20 kundan so'ng rasmiy bahsda maydonga tushish nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylarga ham qiyin.

- Nimeliga qiziqish katta. Ayniqsa "Navbahor"dan...

- Nimeli chempionatimizning eng yaxshi hujumchilaridan biri sanaladi. Top klublar unga haqiqatdan ham qiziqish bildirishmoqda. Ular rahbariyatimizga murojaat qilib, bu borada muzokara o'tkazishlari mumkin.

- "Surxon"ning transfer short listida kimlar bor?

- Hozir ularni saralab, o'yinimizga mos kelishini ko'rib chiqyapmiz.

- "Surxon" legioner olmoqchimi yoki mahalliy futbolchi?

- Klubimiz birinchi navbatda yoshlarga etibor qaratadi. Keyin esa turli yoshlardagi terma jamoa vakillarini olib kelishga intilamiz. So'nggi variant - legioner. Ayni damda legionerlar bo'yicha barcha poziciyalarimiz band. SHu sababli ular haqida o'ylayotganimiz yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика