So’nggi yangiliklar

12:50"Арсенал" ён чизиқдан тўп ташлаш бўйича машҳур мураббийни таклиф қилди  0 12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  1 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  4 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  15 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3

Sergey Arslanov: "Darvozabonga ham futbolchilarimga ham etirozim yo'q" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Darvozabonga ham futbolchilarimga ham etirozim yo'q"

Coca Cola Superligasining 18-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda "Nasaf"ni, nafaqat Superkubokdagi, balki, bugungi o'yindagi g'alaba bilan tabriklayman. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda bizga raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib berish, sovuqqon bo'lish muammosi kuzatildi. Ikkinchi bo'limda esa raqib darvozasi yonida yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq bizda vaziyatlardan foydalanish muammosi kuzatildi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ularning barchasi asosiy tarkibda o'ynashga loyiq futbolchilar. Maydonga tushishdi va qo'lidan kelgan barcha ishni qilishdi. "Nasaf"ni yana bir marta qo'lga kiritilgan 3 ochko bilan tabriklab qolaman.

- Artyom Potapovga nima bo'ldi? U jamoaning nafaqat darvozaboni, balki, etakchisi ham. Futbolchilarning boshini qovushtirib turadigan, hakamlar bilan suhbatlashadigan posbon.

- To'g'ri sezdingiz, u so'nggi ikki o'yinda o'ynay olmadi. CHunki u jarohat oldi. Barchasi mashg'ulot jarayonida yuzaga keldi. Hozirda u faol ravishda tuzalish jarayonida. O'ylashimcha u yaqin vaqtlarda asosiy jamoa mashg'ulotlariga qo'shiladi. Navbatdagi o'yinda u darvozamizni qo'riqlashi mumkin. Aziz Isaqov ham yaxshi darvozabon. O'tgan mavsumda unga juda ko'p o'yin amaliyoti berildi. Unga hech qanday etirozim yo'q. Tarkibdagi istalgan futbolchi xato qilishi mumkin. Faqatgina Azizga emas, balki biror futbolchiga ham etirozim yo'q. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика