Palmer Brunu Fernandeshga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda
12 jan 12:22
Yangiliklar
Palmer Brunu Fernandeshga ehtimoliy o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda
Xabar berishlaricha, ingliz xavbekining ismi mankunianlar klubi ichidagi muhokamalarda tobora ko'proq tilga olinmoqda.
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 21 yoshli futbolchini Brunu Fernandeshga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy variantlardan biri sifatida o'rganmoqda. Portugaliyalik futbolchining "Old Trafford"dagi kelajagi hozircha noaniq bo'lib qolmoqda va klub uning ehtimoliy ketishi holati uchun turli scenariylarni tayyorlamoqda.
Qizig'i shundaki, "Chelsi" ham jiddiy taklif tushgan taqdirda Palmerni sotish ehtimolini istisno qilmayapti. Londonliklar yarim himoyachining shartnomasi 2033 yilning yozigacha amal qilishini hisobga olgan holda ham variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Palmer joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 o'yin o'tkazib, 4 ta gol muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, uning taxminiy transfer qiymati 120 mln evro deb baholanmoqda, bu esa ehtimoliy bitimni transfer bozoridagi eng shov-shuvli kelishuvlardan biriga aylantiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar