So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Sergeev gol urdi, faqat Kubokda Yangiliklar

Sergeev gol urdi, faqat Kubokda

Nihoyat gap-so'zlar o'z tasirini o'tkazib, “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev gol urdi, lekin hozircha Kubok o'yinida.
18 aprel kuni “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tgan birinchi liga vakili “Xorazm” bilan kechgan bahsda Sergeev 52-daqiqada Timur Hakimov o'rniga tushib, 63-daqiqada to'p kiritdi. SHu tariqa u joriy mavsumdagi gollari hisobini ochib oldi.

Ammo “Paxtakor”ning umidli futbolchilaridan biri sifatida etirof etilayotgan Sergeev bu yil hisobidan oliy ligada birortayam to'p kiritgani yo'q. Vaholanki, ortda qolgan beshta turning hammasida maydonga tushdi.

1-tur. “Andijon” - “Paxtakor” - 0:1
Sergeev asosiy tarkibda tushib 87 daqiqa to'p surdi.

2-tur. “Neftchi” - “Paxtakor” - 1:2

Sergeev asosiy tarkibda tushib 90 daqiqa harakat qildi.

3-tur. “Paxtakor” - “Qizilqum” - 1:0
Sergeev asosiy tarkibda tushib 90 daqiqa o'ynadi.

4-tur. “Mashal” - “Paxtakor” - 0:1
Sergeev asosiy tarkibda tushib 85 daqiqa to'p tepdi.

5-tur. “Paxtakor” - “Olmaliq” - 1:0
Sergeev zaxiradan tushib 45 daqiqa to'p tepdi.

Etibor bergan bo'lsangiz, Igor Sergeev beshta o'yindan to'rttasida asosiy tarkibda tushgan va 80 daqiqadan ko'p to'p tepgan. Keyin esa Samvel Babayanning hujumchi gol ura olmayotganidan jahli chiqib, “Olmaliq” bilan kechgan bellashuvda uni zaxirada qoldirgan bo'lishi mumkin. Katta ehtimol bilan shunday bo'lgan. CHunki Sergeev “Xorazm” bilan kechgan o'yinda ham zaxirada qoldirildi va ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, u to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Lekin muxlislar Sergeevdan avvalo oliy ligada gol urishini kutishadi. SHunday qilsagina hujumchi kelasi oy bo'lib o'tadigan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi uchun milliy terma jamoamizdan taklif olishi mumkin. (Eslatib o'tamiz, Igor Sergeev MTJ safida shu paytgacha 5ta o'yinda ishtirok etib, uchta gol urgan: Vetnam, Gonkong va BAAga bittadan. Oliy ligada esa o'tgan yil 20ta bellashuvda atigi 5ta to'p kiritgan).

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика