So’nggi yangiliklar

09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  2 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  4 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3

Serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich O'FF prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

Serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich O'FF prezidenti bilan uchrashdi

Ayni paytda serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich mamlakatimizda bo'lib turibdi.

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan birinchi galda bolalar murabbiylarining malakasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.

Futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga eng asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Viloyatlar to'rtta hududga bo'lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Mana shu maqsadda, serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyurdi. U O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'zining dasturini taqdim etdi.


O'FF rahbariyati tomonidan bu dastur o'rganib chiqilib, maqul deb topilsa, Zavisha Miloslavlevich bilan shartnoma imzolanadi.

U 3-hudud hisoblangan vodiyda Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi. Zavisha Miloslavlevich hududlardagi bolalar futboli murabbiylari bilan uchrashish, u erdagi holatni o'rganish maqsadida, viloyatlarda bo'lishi ham rejalashtirilgan. Serbiyalik mutaxassis bugun Andijon shahriga jo'nab ketadi.

Boshqa hududlar uchun ham Evropadan bolalar futboli bo'yicha mutaxassislarni jalb qilish maqsadida hozirda muzokaralar davom etyapti.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика