So’nggi yangiliklar

19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  5 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  2 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  5 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  29 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  11 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  3 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  6 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  55 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  10 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1

Saxovatdan suv ichar ko'ngil (FOTO) Yangiliklar

Saxovatdan suv ichar ko'ngil (FOTO)

1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosbati bilan “Nasaf” PFK tomonidan bir qator tadbirlar tashkil etildi.

“Nasaf” jamoasi asosiy tarkibi azolari murabbiylar shtabi va klub rahbariyati shu kuni Qarshi shahridagi ko'zi ojiz bolalar maxsus maktab internatiga tashrif buyurishdi va u erda talim tarbiya olayotgan bolajonlar bilan yaqindan tanishishdi, ularga bayram munosabati bilan o'z sovg'a salomlarini topshirishdi.

SHuningdek, jamoamiz bir guruh xodimlari Qamashi tumanidagi 4-Mehribonlik uyida bo'lishdi.

-Maskanimizda 74 nafar tarbiyalanuvchi bo'lib, ular orasida sportga, xususan futbolga qiziqadigan yoshlar ko'pchilik, -deydi “Mehribonlik uyi” direktori Gulbahor Hamidova. – “Nasaf” jamoasi azolarining tashrifi ularning bag'oyat xursand qildi. Buning uchun jamoa rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

SHu kuni www.sayyod.com va shampionat.asia  sayti tashabbusi bilan  poytaxtimizdagi "Gemotologiya" instituti qoshidagi "leykemiya" bilan og'riganlar shifoxonasidagi bemor bolalar uchun bayram tadbiri o'tkazildi. Bu tadbirlarda ham oliy liganing bir qator jamoalari azolari qatorida jamoamiz vakillari ishtirok etishib, bemorlar bolakaylar uchun atalga maxsus sovg'alarni topshirdi.

Bir so'z bilan aytganda, bugungi bayramon kunda jamoamiz azolari ham bolajonlarning quvonchlariga sherik, dardlariga malham bo'lishdi.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика