“Sautgempton” himoyachisi APLda “omadsiz xet-trik” qayd etgan ilk futbolchiga aylandi Yangiliklar

“Sautgempton” himoyachisi APLda “omadsiz xet-trik” qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Xabaringiz bor, kecha APL 22-turida MYU o'z maydonida “Sautgempton”ni tor-mor (9:0) etdi.

Mehmonlar himoyachisi Yan Bednarek uchrashuvda o'z darvozasi tomon penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi.

SHuningdek, u avtogol muallifiga aylandi va bahsning so'nggi daqiqalarida hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

Opta statistik portali malum qilishicha, 24 yoshli Bednarek ushbu o'ziga xos “xet-trik”ga erishgan chempionat tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика