So’nggi yangiliklar

08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  0 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  2 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  6 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  12 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1

"Saudiya Arabistonining g'alabasi tasodif emas, men o'yindan oldin kamida durang kutgandim" - Jaloliddin Masharipov Yangiliklar

"Saudiya Arabistonining g'alabasi tasodif emas, men o'yindan oldin kamida durang kutgandim" - Jaloliddin Masharipov

So'nggi yillarda O'zbekistonning eng yaxshi o'yinchilaridan biri, hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasida to'p tepayotgan Jaloliddin Masharipov, Osiyo jamoalarining o'yinlari haqida fikr bildirib o'tdi.

- Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning Jahon chempionati 1-turidagi g'alabalari tasodifmi?
- Saudiya terma jamoasining Argentina ustidan qozonilgan g'alabasini tasodif deb hisoblamayman, men o'yin oldidan kamida durang kutgandim. Saudiyalik o'yinchilarni yaxshi bilaman, hozirgi vaqtda juda tartibli va yahshi o'yin namoyish etishmoqda. Yaponiya va Saudiya terma jamoalarini uzoqqa borishini bashorat qilgandim, Yaponlar oldindan katta turnirlarda yaxshi ishtirok etishadi va kuni kecha ular Germaniyani mag'lub etishdi tartibli va intizomli o'yin ko'rsatib, shuning uchun Yaponiya va saudiyaliklarni turnirda yaxshi ishtirok etishiga ishonaman va keyingi o'yinlarda Saudiya Arabistoniga huddi shunday xohish va motivaciya bilan o'ynashishi kerak. Agarda keyingi o'yinlarda Argentinani yutgani uchun jamoa bemalol o'ynasa, Meksika va Polsha ham kuchsiz raqib emas, pley-off bosqichiga chiqish uchun huddi shunday tartib va xohish bilan o'ynashi kerak. Yaponiya guruhdan chiqsa kerak, chunki ularning imkoniyatlari ko'p va ko'p yapon o'yinchilari Evropaning yaxshi chempionatlarda o'ynashadi. Yaponlar Evropa futbolini ancha yaxshi bilishadi.

- Saudiya Arabistonida Yosir Al SHahroni bilan Samlon Al Faraj jarohat oldi. Bu qanchalik katta yo'qotish?
- Bu katta yo'qotish, chunki ikki o'yinchi ham terma jamoada va o'z klublarida muhim va etakchi o'yinchilar, biri chap qanotda o'ynaydi va biri esa maydon markazini nazorat qiladi. Bu yo'qotishlar jamoaga tasir qiladi.

- Sizning fikringizcha kim chempion bo'ladi?
- Finalda Braziliya va Franciya o'ynashini kutayapman. O'zim Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilyapman. 


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика