So’nggi yangiliklar

20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  1 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  19 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2

Saudiya chempionatida jamoalar soni oshiriladi Yangiliklar

Saudiya chempionatida jamoalar soni oshiriladi

Teglar :  Saudiya Arabistoni
Keyingi yildan Saudiya Arabistoni milliy chempionatida jamoalar soni 16taga etkaziladi.

Malumki, hozir ushbu davlat Pro ligasida 14ta jamoa kurash olib bormoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bu kamlik qilyapti. Natijada jamoalarni 16taga etkazish fikri maqullandi. Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi birinchi liga klublariga qo'yilgan legionerlar limitini ham ko'rib chiqdi va jamoalarning etti nafar xorijlik bilan shartnoma imzolashiga ruxsat berdi. Bungacha faqat ikkita chet ellik bilan shartnoma tuzish mumkin edi.

Ushbu mavsum yakuniga etganidan so'ng birinchi liganing ikkita klubi Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Pro ligada 13-14 o'rinni egallagan klublar birinchi liganing 3-4 jamoasi bilan o'tish o'yinida o'ynaydi. Keyingi yildan esa Pro ligani oxirgi uchta o'rindagi jamoa tark etadi va birinchi ligadan uchta jamoa elitaga yo'l oladi. Pro liganing 13-jamoasi esa birinchi liganing to'rtinchi jamoasi bilan ikkita o'yindan iborat pley-off bahsida o'ynaydi.

Keyingi yildan Saudiya birinchi ligasida jamoalar soni 16tadan 20taga oshiriladi. G'olib jamoa federaciya tomonidan 1,3 million dollar miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi. Ikkinchi liga ishtirokchilari soni esa 20tadan 24taga etkaziladi. Bundan tashqari, U-21 chempionati bekor qilinadi va uning o'rniga boshqa liga tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика