Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasidagi jamoa Mourinyuga qiziqish bildirmoqda
04 may 19:08
Yangiliklar
Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasidagi jamoa Mourinyuga qiziqish bildirmoqda
Joze Mourinyu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassisga "Al Qodisiya" qiziqish bildirmoqda. Klub aprel oyida FIFA bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan Aramco neft kompaniyasiga tegishli.
"Al Qodisiya" ayni damda Saudiya Arabistonining ikkinchi darajali ligasida ishtirok etmoqda va kelasi mavsum oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi. Ular buning uchun 4 uchrashuvda bor-yo'g'i 2 ochko to'plashlari kerak. Rahbariyat Saudiya Arabistoni mustaqil fondi (PIF) egalik qiladgan klublar bilan raqobat qilmoqchi.
Fikrlar