JCH-2018. Saudiya Arabistoni so'nggi soniyalarda gol urib, Misrni mag'lub etdi
25 iyu 2018 21:00
Yangiliklar
JCH-2018. Saudiya Arabistoni so'nggi soniyalarda gol urib, Misrni mag'lub etdi
Saudiya Arabistoni - Misr 2:1
Gollar: Al Farij 50 (pen.), Salim Al Dossari 90+4 - Saloh 22.
Saudiya Arabistoni: 21.Yosir Al Musaylim, 6.Muhammad Al Burayk, 3.Osama Havsavi, 23.Motas Havsavi, 13.Yosir Al SHahroni, 9.Hattan Sulton Bahbir (Muhannad Asiri 65), 7.Salmon Al Farij, 14.Abdulloh Otayf, 16.Hussayn Al Mugahvi, 18.Salim Al Dossari (Yahyo Al SHahri 81), 19.Fahad Muvallad.
Misr: 1.Essam Al Hadari, 7.Ahmad Fathi, 2.Ali Gabr, 6.Ahmad Hegazi, 13.Muhammad Abdul SHafi, 17.Muhammad El Neni, 8.Tariq Hamid, 10.Muhammad Saloh, 19.Abdulloh Al Said (Amr Varda 45), 21.Trezege (Qahrabo 81), 9.Marvan Muhsin (Ramazon Sobhi 64).
Urilmagan penalti: Fahad Al Muvallad 41.
Ogohlantirishlar: Ali Gabr 50, Fathi 87.
Saudi Arabia Salman Al-Faraj - 45', Salem Al-Dawsari - 90' |
World Cup Grp. A . 3-tur 25/06/2018, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Egypt Mohamed Salah - 22' |
Stadion: Volgograd Arena, 36823 tomoshabin
Bosh hakam: Wilmar Roldan
Uchrashuvdagi gollarni bu erdan ko'chirib olasiz: TELEGRAM
90+4. Saudiya Arabistoni bahsning so'nggi soniyalarida hisobda oldinga chiqishdi! Salim Al Dossari o'z jamoasining juda chiroyli hujumini gol bilan yakunladi!
90+3. Misrliklar gol urishga shoshishmoqda, biroq vaziyatlar muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
81. O'zgarish. Trezege o'rniga Qahrabo o'yinga qo'shildi.
80. O'zgarish. Salim Al Dossari o'rniga Yahyo Al shahri maydonga tushdi.
76. Bosh hakam Vilmar Roldan Misr terma jamoasining hujumiga halaqit berib, to'pni saudiyaliklarga olib berdi, hakamning baxtiga osiyoliklar to'pi markazda oldirib qo'yishdi.
69. Essam Al Hadaridan navbatdagi seyvlar. Posbon 1 daqiqa ichida ikki marotaba o'z jamoasining darvozasini qutqarib qoldi.
65. O'zgarish. Hattan Sulton Bahbir o'rniga Muhannad Asiri o'yinga qo'shildi.
64. O'zgarish. Marvin Muhsin o'rniga Ramazon Sobhi maydonga tushdi.
61. Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari devor uslubidagi paslar bilan raqib jarima maydonchasiga kirishdi, zarba beradiga paytda raqib futbolchisi to'pni maydondan chiqarib yubordi.
56. Zarbaaa! Trezege ikkinchi qavatda raqibidan ustun kelib, bosh bilan darvozaga zarba berdi, ammo to'p posbon qo'riqlayotgan tomonga bormadi.
54..Zarbaa! Misrliklar o'ng qanotdan uzatilgan to'pni qaytarishdi, qaytgan to'p jarima maydonchasi ichidagi saudiyalikka tudi va u to'pni to'xtatmay darvozani ishg'ol qilishga urindi. Zarba noaniq.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
TANAFFUS!
51. To'p qarshisida Salmon Al Farij va hisob tenglashdi. 1:1
50. Penalti belgilandi. Ali Gabr sariq kartochka bilan jazolandi.
49. Videoassistentlar penalti borasida bir qarorga kela olishmadi. Bosh hakam endi o'zi vaziyatni ko'radi.
48. Yana penalti, yana misrliklar darvozasi tomon.
46. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Essam Al Hadari jahon chempionatlari tarixida penalti qaytargan eng keksa darvozabonga aylandi.
43. Penalti qaytargan Al Hadari jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar unga yordam ko'rsatishdi. Hammasi joyida. Posbon o'rnidan turdi.
41. GOLmi?" YO'O'O'O'O'Q! Fahad Al Muvalladning zarbasini Essam Al Hadari qaytardi! QOYIL!
40. Penalti! Misrlik himoyachi to'pni o'z jarima maydonchasi ichida qo'l bilan o'ynadi.
37. Salmon Al Farij jarima maydonchasi chizig'i ustidan mirliklar darvozasi tomon zarba berdi, to'p yo'nalishini himoyachi to'sib qoldi va xavfli vaziyat bartaraf etildi.
33. Trezegeeeee! Saloh jarima maydonchasi tashqarisida to'pni egallab oldi va bir harakat bilan Trezegeni darvozabon bilan birga-bir chiqarib yubordi. Trezege to'pni erga tushishini kutmay zarba berdi, noaniq!
31. Saudiyaliklar raqibni o'z jarima maydonchasiga qamab gol urishga harakat qilishmoqda, biroq bu vaziyatlar darvoza ishg'ol qilinishi bilan yakunlanmayapti.
24. SALOOOH! Muhammad bu safar darvozabon bilan birga-bir chiqdi, ammo ikkinchi marotaba to'pni darvozabon ustidan tashlash o'xshamadi.
22. GOOOOL! SALOH!!! Muhammad Saloh qarshi hujumda raqibning ikki futbolchisini dog'da qoldirib, to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi.
15. Salim Al Dossari o'z jamoasinig qarshi hujumini zarba bilan yakunlandi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.
11. Ushbu o'yin bilan bir vaqtda o'tayotgan Rossiya - Urugvay uchrashuvida hisob ochildi.
9. Har ikki jamoa bahsning ilk 10 daqiqaligida xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qilishdi, ammo hozircha bu intilishlar samarasiz yakunlandi. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik saudiyaliklarda.
3. Saudiya va Misr terma jamoalari hozirgacha o'tkazgan 2 uchrashuvlarida ochko olisholmadi va guruhda qolib ketishdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun sizlar bilan Saudiya Arabistoni hamda Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahsni birgalikda kuzatamiz. Bu uchrashuv guruhda hech narsani hal qilmasada, jamoalar chiroyli o'yin ko'rsatishiga umid qilamiz.
Fikrlar