So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Sarvar SHoahmedov: “Dastlabki o'yin bo'lgani bois kamchiliklar kuzatildi” Yangiliklar

Sarvar SHoahmedov: “Dastlabki o'yin bo'lgani bois kamchiliklar kuzatildi”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” (4:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” etakchi futzalchisi Sarvar SHoahmedov bilan suhbatlashdik.

"O'yindan oldin yigitlar bilan kelishib olgandik. “Bunyodkor”ga qarshi o'ynash qiyin bo'lishini bilardik. Ulardagi bolalar bir necha yillardan buyon birgalikda to'p tepayotgani bois ahilligini bilardik. 

Biz o'yin davomida bir-birimizni qo'llab-quvvtlagan holda harakat qildik va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Mavsumdagi birinchi o'yini bo'lgani bois kamchiliklar kuzatildi. Keyingi bahslarda o'yin uslubimiz bir maromga keladi.

Maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish hisoblanadi. Bu yil tarkibimizda yana o'zgarishlar bo'ldi. SHunga qaramay, bir-birimizni anchadan beri bilamiz. CHempionatda raqobatchi jamoalar ko'p. Imkon qadar ochko yo'qotmasligimiz lozim. “Lokomotiv” chempion bo'lib, kelgusi yilda xalqaro maydonda to'p tepishni rejalashtirgan. 

Keyingi raqibimiz haqida iliq fikrlarni aytishim mumkin. CHunki “Xuaxin-Jizzax” klubi mavsum oldidan tarkibni jahon chempionatida ishtirok etib kelgan tajribali futbolchilar bilan kuchaytirdi. Qiziqarli va murosasiz o'yin bo'lishi tabiiy. 

SHu o'rinda jamoamiz rahbariyatiga kattakon rahmat aytishimiz kerak. To'labek Akramov, Qobil Yunusov, Ravshan Muqimovga minnatdorchilik bildiramiz. CHunki bu insonlar klubga etibor bermoqda. Biz esa bundan xursandmiz va g'alabalarimiz bilan xushnud etmoqchimiz", – dedi Sarvar SHoahmedov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика