So’nggi yangiliklar

02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  5 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  4 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  25 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  17 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0 22:22"Нефтчи" ўз уйида "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:12"Насаф" — "Ал Ваҳда" ўйини ҳакамлари маълум бўлди  6 22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  5 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  6 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  24 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  1 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  14

Sardor Rashidov Superligani kuzatadimi? Yangiliklar

Sardor Rashidov Superligani kuzatadimi?

"O'zbek Ronaldusi" faoliyatini Qatarda davom ettiryapti.

Bir necha kun oldin hamyurtimiz "Al Vakra" jamoasi darvozasiga 2ta gol urgani to'g'risida xabar bergan edik. Bugun Sardor Rashidovdan bazi savollarimizga javob oldik. 

— Sardor aka, "Umm Salal"ga moslashib ketish qiyin bo'lmadimi?

- Aksincha, juda ham oson bo'ldi. CHunki Qatar futboli menga begona emas. "Umm Salal"da avval "Al Jaish", "Qatar SK"da birga to'p tepgan do'stlarim ham bor. SHukr, yangi jamoaga ko'nikishda ham, maydonda boshqalarni tushunishda ham muammoga duch kelmadim.

- Jahon chempionati arafasida Qatarda hayot o'zgardimi?

- Bu musobaqa uchun uzoq yillardan beri tayyorgarlik ko'rilyapti. O'zgarishlar juda ko'p. CHunki JCH bu mamlakat uchun yangi chaqiriq, o'ziga xos imtihon hisoblanadi. Muxlislarni etarlicha syurprizlar kutib turibdi.

- O'zingiz mundial o'yinlariga tushishni rejalashtiryapsizmi?

- Albatta. "E" guruhidan Ispaniya va Germaniyaning o'yinlariga chipta ham sotib oldim.

- Qaysi jamoada o'ynamang, maydonda etakchilik qilishga harakat qilasiz. "Umm Salal" bilan Qatar grandlariga qarshi o'ynash qiyin emasmi?

- Yo'q, mushkulligi yo'q. CHunki "Al Sadd" bilan "Al Duxayl"ga qarshi avval ham ko'p marta o'ynaganman, gollar urganman.


- Individual jihatdan kuchli bo'lganingiz uchun grandlarga qarshi sizdan ko'proq narsa kutishsa kerak...

- Ha, murabbiy maydonda liderlik qilishimni istaydi. Uning ishonchini oqlash uchun qo'ldan kelgancha harakat qilyapman. Yanvarda Yulduzlar Ligasi boshlanadi. Jamoamiz bilan jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa, yaxshi natija qayd etamiz.

- Hozir Liga kubogi o'tkazilyapti. "Al Vakra" bilan o'yindagi dublingiz jamoa rahbarlari tomonidan iliq qarshilandimi?

- Albatta, sheyxlar xursand bo'ldi. Ular meni shunaqa gollar urishim uchun olib kelishgan. Oldimizga turnirni yutish vazifasi qo'yilgan. Hozircha guruhda birinchi o'rinda ketyapmiz...

- Superliga o'yinlarini ham tomosha qilyapsizmi?

- Ha. O'zbekiston chempionatini har doim o'zim o'ynagandek qiziqish bilan kuzatib boraman. Mavsum ancha qiziq o'tyapti. 

- "Finish"gacha 5 ta tur qoldi. "Nasaf" etakchilikni saqlab qola oladimi?

- Ayni paytda "ajdarlar"ning imkoniyati yuqoriroq. Lekin kurash tugamadi. "Navbahor" ham, kecha "Surxon" bilan durang o'ynagan "Paxtakor" ham oxirigacha kurashadi. CHempionlik borasida aniq fikr aytolmayman. Kutamiz.

- Yil boshida "Navbahor"dan katta taklif (300 ming dollar) olgandingiz. SHunga qaramay, "Paxtakor"ni tanlashingizning sababi nima?

- "Paxtakor" bilan chempionlar ligasida o'ynagim keldi. Bundan tashqari, oilam bilan Toshkentda yashashni xohladim va "sherlar" libosini kiydim.

- O'zbekistonning individual jihatdan eng yaxshi futbolchilaridan birisiz. SHunga qaramay, 2019 yildan beri rasmiy o'yinlarda qatnashmayapsiz. Yangi murabbiy kelganiga 1 yildan oshdi. U bilan orangizda qandaydir muloqot bo'ldimi?

- Yo'q. Srechko Katanec bilan hech qanday shaklda aloqa qilmadik. Aytganingizdek, anchadan beri chaqiruv kelmayapti. Kelmasa ham kerak. Buning sababini bilmayman. Ammo qaerda, qanday holatda bo'lsam ham, terma jamoaga muxlislik qilishda davom etaman. U erda kim ishlashi, kimlar o'ynashining hech qanday ahamiyati yo'q. Mamlakatimizning bosh jamoasi hammamiz uchun qadrli...

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика