So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  2 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  25 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Sardor Rashidov KXDRga gol urish qiyin deb o'ylamaydi Yangiliklar

Sardor Rashidov KXDRga gol urish qiyin deb o'ylamaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov mashg'ulotlardan so'ng O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmatiga KXDRga qarshi bo'lajak o'yin haqida qisqacha intervyu berdi.

“Jamoada kayfiyat juda ko'taringki. Alo darajada, desam ham bo'ladi. Bu raqib bilan alohida hisob-kitobimiz bor va bu o'yinda Xudo xohlasa g'alaba qozonamiz. Yagona maqsadimiz ham - shu”, - deya so'z boshladi Sardor.

Qatar chempionatining sakkiz turida 6ta gol urishga, shu bilan birga ikki bora dubl qayd etishga ulgurgan hujumkor yarim himoyachi muxlislarning tashrifi yaxshi darajada bo'lishiga umid qilayotganini bildirdi.

“Toshkentga kecha uchib keldim. To'g'risi, bu o'yinga muxlislar tomonidan qiziqish qay darajada ekanidan xabardor emasman. Ammo umid qilamanki shu kuni stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyuradi va Vatanimiz jamoasini qo'llab-quvvatlab turishadi”.

Milliy terma jamoa sharafini 27 o'yinda himoya qilib, 10 golga mualliflik qilgan 24 yoshli futbolchi KXDR darvozasini ishg'ol qilish u qadar mushkul vazifa emasligini takidladi.

“KXDR darvozasiga gol urish qiyin degan gaplarga qo'shilmayman, rosti. Qiyin emas. Umuman, istalgan raqib darvozasiga gol ursa bo'ladi. Jamoa bilan birgalikda harakat qilsak, albatta maqsadga erishamiz”.

SHimoliy Koreya terma jamoasining kuchli va ojiz tomonlari haqida to'xtalar ekan, Sardor shunday dedi:

“KXDR terma jamoasining hujum chizig'i kuchli deb hisoblayman. Zaif nuqtasi sifatida esa himoyasini ko'rsatgan bo'lardim. Menimcha, ularning mudofaasi ko'p ham kuchli emas”.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика