Sardor Mirzaev: "Neftchi" 2014 yil kamida medallar uchun kurashadi"
05 dek 2013 13:52
Yangiliklar
Sardor Mirzaev: "Neftchi" 2014 yil kamida medallar uchun kurashadi"
Farg'onaning "Neftchi" klubi hujumchisi Sardor Mirzaev axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Unda futbolchi klub keyingi mavsum O'zbekiston chempionatida medallar uchun kurashishi haqida aytib o'tdi.
"Amet Memet klubga yil boshida kelmadi. Har qanday murabbiyga ham yaxshi jamoani shakllantirish uchun vaqt kerak bo'ladi. Agar rahbariyat murabbiyga barcha sharoitlarni yaratib bersa va jamoa oldiga yuqori o'rinlar uchun kurashish vazifasini qo'ysa, Memet buni bajara oladi deb o'ylayman".
"Sodiq muxlislarimiz shuncha sabr qilishdi, yana ozgina kutishsin. Nasib qilsa, barchasi yaxshi bo'lib ketadi. Vaziyatga real qaragan holda aytaman: "Neftchi" kelasi yil chempionlik uchun kurashmasa ham yuqori o'rinlarga davogarlik qiladi. Eng kamida medallar uchun kurashadi", - deydi Sardor Mirzaev.
Farg'onaning "Neftchi" klubi O'zbekistonning 5 karra chempioni hisoblanadi. Klub so'nggi bor 2008 yilgi mavsumda sovrindorlar qatoridan o'rin olgan. O'sha yili "Neftchi" bronza medallariga ega bo'lgandi. 2013 yilgi mavsumda klub chempionatni 9-o'rinda yakunladi.

championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar