S.Arabistoni. “Al Nassr” 2022 yilni g'alaba bilan va peshqadam sifatida yakunladi. Riyodliklar safardagi bahsda 7 legioner bilan o'ynadi, Masharipov esa …
01 jan 2023 09:35
Yangiliklar
S.Arabistoni. “Al Nassr” 2022 yilni g'alaba bilan va peshqadam sifatida yakunladi. Riyodliklar safardagi bahsda 7 legioner bilan o'ynadi, Masharipov esa …
Uchrashuvdagi yagona golni 5-daqiqada kamerunlik tajribali hujumchi Vensan Abubakar urishga erishdi. SHuningdek, riyodliklar safida legionerlardan darvozabon David Ospina (Kolumbiya), himoyachilar Alvaro Gonsales (Ispaniya), Gislen Konan (Kot-d'Ivuar), yarim himoyachilar Gonsalo Martines (Argentina), Luis Gustavo va Anderson Taliska (ikkisi Braziliya) uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi.
Jaloliddin Masharipov esa qatorasiga uchinchi bahsda qaydnomaga kiritilmadi. U “Al Adalx” (2:0) hamda “Al Hilol”ga (2:2) qarshi o'yinlarda ham ishtirok etmagandi. Avvalroq, unga “Al Taavon” (chempionatda 4-o'rin) hamda “Al Batin” (autsayder) qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.
Rudi Garsiya shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 26 taga etkazib, 2022 yilni musobaqa peshqadami sifatida yakunladi. Eng yaqin taqibchi “Ash SHabob” hisobida 25 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar