So’nggi yangiliklar

15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  2 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2

Sanjar Tursunov: “Oq bo'rilar” qishki ovga chiqadi Yangiliklar

Sanjar Tursunov: “Oq bo'rilar” qishki ovga chiqadi

Ukraina chempionatida qatnashayotgan “Vorskla” jamoasi azosi bo'lgan o'zbekistonlik qanot hujumchisi Sanjar Tursunovdan “Poltovshina Sport” gazetasi jurnalisti intervyu oldi.
Ayni paytda Avstraliyada 2015 yil 9-31 yanvar kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga O'zbekiston terma jamoasi bilan tayyorgarlik o'tkazayotgan Sanjar Tursunov Stepan SHifo ismli jurnalistlar bilan suhbatda O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi rejalari bilan o'rtoqlashadi.

“Ko'rib turganingizdek, mavsumlar oralig'idagi tatilni boshqa jamoadoshlarimdan farqli ravishda futbol o'ynash bilan o'tkazmoqdaman. Biz terma jamoamiz bilan Osiyo Kubogi uchun o'yinlarga qattiq tayyorlanyapmiz. Niyatimiz finalda ham g'alaba qozonib, sovringa ega chiqish. 10 dekabr kuni “oq bo'rilar” qishki ovni boshlashadi”, – deydi Sanjar Tursunov.

U shuningdek, “Vorskla” jamoasidagi do'stlari uni turnir davomida ruhan qo'llab-quvvatlashlariga hamda jamoa rahbariyati turnir yakunlangach, unga qo'shimcha tatil kunlari qo'shib berishiga umid qilishini malum qilib o'tgan.

Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonining oxirgi bosqichi sifatida 17-29 dekabr kunlari BAAda yig'in tashkil qiladi hama 20 dekabr kuni Iordaniya bilan, 25 dekabr va 28 dekabr kunlari Iroq bilan ikki marta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. 29 dekabr kuni esa Sanjar Tursunov o'zining 28 yoshga chiqqanini nishonlaydi.

“Poltovshhina Sport” gazetasi jurnalisti o'z maqolasida O'zbekiston terma jamoasidagi boshqa mashhur futbolchilar, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix va Timur Kapadzelarning nomlarini sanab, turnir davomida tahririyat xodimlari O'zbekistonga muxlislik qilishi haqida aytib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика