So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Арсенал", "Боруссия Д" ва "Наполи"да ғалаба "Юве"да дуранг ва бошқа натижалар  12 02:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Монако" билан дуранг ўйнади  6 01:55ЕЧЛ. ПСЖ Рамушнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига "Барселона"ни мағлубиятга учратди  140 01:20ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" ўз уйида "Арқадағ"ни мағлубиятга учратди. "Андижон" жойлашган гуруҳда ҳолат қандай?  2 01:01Сардор Азимов: "Биринчи бўлимда гол уришни мақсад қилгандик. Жамоада муҳит аъло даражада"  1 00:31"Барса" тез орада де Йонг билан шартномани узайтиради  0 00:06ЕЧЛ. "Ньюкасл" йирик ғалаба қайд этди, "Қорабоғ" "Копенгаген"ни енгди  1 23:42Қозоғистонлик тадбиркор "Реал"дан бешта гол ўтказган "Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабонига машина совға қилди  3 22:50Максим Шацких: "Энг муҳими гол ўтказмаслик ва нолга ўйнаш. Реализация эса кун келиб яхшиланади"  14 22:32"Элче" "Барса"га қарши ўйин анонсида учрашув "Камп Ноу" стадионида ўтказилишини маълум қилди  0 21:54"Ал Аҳли" устози: "Дурангдан қониқмадик, аммо натижа адолатли бўлди. Бу каби атмосферани маҳаллий чемпионатда доим ҳам кўравермаймиз"  9 21:20Жуд Беллингем Англия терма жамоасида йил футболчиси деб тан олинди  2 20:40ОЧЛ-2. "Андижон" "Бобур Арена"да "Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади  96 20:29Феде Вальверде кечаги ўйиндан кейинги айбловларга жавоб берди: "Суягим синган ҳолатларда ҳам ўйнаганман. Бу айбловлар мени хафа қилди"  5 20:00"Барселона" - ПСЖ — ҳужумчилар лазаретда, топ ярим ҳимоячилар тўқнашувида ким ғолиб бўлади?  8

Sanjar Quvvatov: "O'tkazib yuborilgan golda barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman" Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "O'tkazib yuborilgan golda barcha masuliyatni o'z bo'ynimga olaman"

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "SHo'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" darvozasini qo'riqlagan Sanjar Quvvatov o'z fikrlarini bildirdi.


"To'g'risi aytsam, boshqa futbolchilarga qaraganda o'yinni juda katta hayajon bilan boshladim. Bu men uchun Qarshidagi dastlabki uchrashuv bo'lgani bois hayajon kuchli bo'ldi. O'zbekiston Superkubogida "Paxtakor" bilan bo'lgan o'yinda ham o'zimni engilroq his qilgandim. Ammo bugun hayajon kuchli bo'ldi. Bugun xatoga yo'l qo'ydim. Jamoadoshlarimga rahmat ular yaxshi harakat qilishdi va g'alabani taqdim etishdi. Keyingi uchrashuvlarda bu kabi xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman.

O'tkazib yuborilgan golda himoyachilarni emas, meni xatoim bo'ldi. SHerzod Azamov to'g'ri o'ynadi.Bu kutilmaganda ruy berdi. Bu vaziyatda masuliyatni o'z bo'ynimga olaman. Rostini aytsam, nima bo'lganini tushunmay qoldim. Birinchi bo'limda jamoamiz yaxshi o'ynolmagani sabab OCHLdagi o'yin. CHunki "Al Ahli"ga qarshi bellashuvda futbolchilar juda ko'p kuch sarf etishgandi. Lekin tanaffusda murabbiylar tegishli ko'rsatmalarni berishdi va ikkinchi bo'limda vaziyatni o'ngladik. Tanaffusdan so'ng jamoa sifatida bir joyga yig'ila oldik va irodali g'alabaga erishdik. Agarda yaratilgan ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, hisob yanada katta bo'lishi mumkin edi. Uchrashuv tugaganidan murabbiylarimiz futbolchilarga faqatgina rahmat aytishdi. SHu o'rinda ularga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ular doimo bizlarni qo'llab kelishadi va kerakli paytda dalda bo'lishadi.

Taranda bo'lgan vaziyatda murabbiylarimiz o'qtirgan rioyaga amal qildim va hujumchi to'pni o'zidan birozgina uzoqlashtirishi bilan to'pga tashlandim. Bu orada esa zarbani to'sishga erishdim. Bu hammasi murabbiylarning ko'rsatmalari samarasi. Denis Ivankov bilan odin ham "Mashal"da birga ishlaganmiz va bir-birimizni yaxshi bilamiz. Denis Ivankov juda va juda boy tajribaga ega mutaxassis. "Mashal"dagi Pavel Sinelnikov ham yaxshi va kuchli murabbiy. Lekin Ivankovda juda katta tajriba bor va bu tomondan hozirgi murabbiyim ustunroq. Denis Ivankov bilan birga ishlayotganimdan juda xursandman", - deydi Sanjar Quvvatov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика