So’nggi yangiliklar

11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  0 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  2 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  0 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  1 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  2 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  8

Sanjar Quvvatov: "Guruhdagi raqiblarimiz kuchli edi" Yangiliklar

Sanjar Quvvatov: "Guruhdagi raqiblarimiz kuchli edi"

​Kecha OCHL 5-tur guruh bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z uyida Eronning "Persepolis" klubini qabul qilib nursiz durang qayd etdi.

Ushbu bahsdan so'ng "Nasaf" jamoasi darvozaboni Sanjar Quvvatov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Kecha "Persepolis"ga qarshi uchrashuvda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushgan edik. Afsuski o'yinda nursiz durang qayd etildi. "Persepolis" qarshiga durang uchun kelgandek o'yin ko'rsatdi. Raqiblarimiz himoyada bizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Persepolis" darvozasini ishg'ol qilish uchun bor kuchimizni ishga soldik, lekin bizga biroz omad etishmadi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Al Sadd" g'alaba qozonishini "Persepolis" yaxshi bilardi. SHuning uchun ham ular bemalol vaqtni cho'zib o'ynashdi. "Al Sadd" g'alaba qozonsa "Persepolis" keyingi bosqichga yo'l olishi 100 foiz aniq edi. 

Kechagi o'yindagi raqibimiz o'ziga kerakli bo'lgan natijani qayd etdi. Keyingi bahsda qanday hisobda g'alaba qozonishimizdan qatiy nazar, biz keyingi bosqichga chiqa olmaymiz. SHunday bo'lsa ham faqat g'alaba qozonish uchun, muxlislarimizni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz. Safarda biz O'zbekiston sharafini himoya qilish uchun to'p tepamiz. OCHL musobaqasida guruhdagi raqiblarimiz ham kuchli edi, omad ham bizga kulib boqmadi. O'z uyimizda mag'lub bo'lmadik. Safarda uchralgan mag'lubiyatlar bizga pand berdi", - deydi Sanjar Quvvatov


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика