So’nggi yangiliklar

08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  1 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1

Sanjar Quvvatov - CHempionlik, qaysi uchrashuvni eslashni istamasligi va "Paxtakor" darajasiga yaqinlashgan ikki klub haqida Yangiliklar

Sanjar Quvvatov - CHempionlik, qaysi uchrashuvni eslashni istamasligi va "Paxtakor" darajasiga yaqinlashgan ikki klub haqida

Joriy yilgi futbol musobaqalarida "Paxtakor" darvozasini Sanjar Quvvatov qo'riqlamoqda.

Turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan "sherlar"ning natijalarida albatta Quvvatovning ham hissasi bor. Ayniqsa birinchi davrada "Navbahor", "Turon", "Buxoro" bilan uchrashuvlarda qaytargan penaltilari jamoasiga 9 ochkoni taqdim qildi. CHempionlik uchun kurash va boshqa mavzularda Sanjan Quvvatovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. 


- "Paxtakor" mavsumni bir tekis o'tkaza olmayotgan bo'lsada, turnir jadvalida birinchi o'rinda ketmoqda. Bu chempionlik xarakteri sababmi yoki boshqa jamoalar etarlicha kuchaymaganidanmi?

- Albatta bu yil mavsum davomida ochko yo'qotishlar, ayrim pallalarda "qoqilishlar" ko'p bo'lganini inkor qilmayman. Lekin shunga qaramay jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatib peshqadamlik qilmoqda. Bu murabbiy va futbolchilarning mehnati tufayli yuzaga kelyapti. Qolaversa, omad ham biz tomonda bo'layotganini aytish joiz. Mavsum yakunida mehnatlarimizni samarasini ko'rish nasib qilsin, deb qolaman. 

- "Navbahor" bilan kechgan 2ta uchrashuvda ham jamoa g'alaba bilan maydonni tark etdi. Aynan shu bahs chempionlik masalasiga aniqlik kiritdimi?

- CHempionat hali tugamadi. Qiziqarli va markaziy o'yinlar hali oldinda. Qolaversa, chempionlik uchun kurash davom etyapti. "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alaba albatta biz uchun chempionlik yo'lida imkoniyatlarimizni oshiradi. 

- So'nggi yillarda qaysi jamoa "Paxtakor" darajasiga yaqinlasha oldi?

- "Nasaf" va "Navbahor"ni aytgan bo'lardim. 

- Ikkinchi davrada jamoaga kelib qo'shilgan Pavel Pavlyuchenko Eldor Suyuunovga nisbatan qanchalik raqobat qila olyapti?

- Eldor Suyunov va Pavel Pavlyuchenko milliy terma jamoadagi darvozabonlar hisoblanadi. Tabiiyki, raqobat ham shunga yarasha, deb o'ylayman. Bu narsa futbolchini o'sishiga xizmat qiladi. Raqobat bo'lgani doim yoqimli.

- Qolgan guruhlarga nisbatan "Paxtakor"ga engilroq raqiblar ro'baro' keldi. OCHLda guruhdan chiqish payti keldi...

- Albatta OCHLda munosib o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Bizga qaysi raqib tushishining farqi yo'q. Kim bilan, qaerda, qachon faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Biroz ortga qaytsak. Toshkentga 2014 yil kelishga yaqin kelgansiz. O'shanda Abramov boshchiligidagi "Lokomotiv" taklif bilan chiqqan edi. Nima uchun transfer amalga oshmagan? "Mashal"da uzoq vaqt qolib ketish faoliyatizga qanday tasir qildi?

- Bunday taklif bo'lganini eslolmayman. "Mashal"da 10 yil to'p tepdim. Yaxshi kunlar ham bo'ldi, yomon kunlar ham. O'shanda so'nggi yillarda o'zimda pasayishni sezdim va jamoadan ketishga qaror qildim. "Nasaf"dan tushgan taklifga esa ikkilanmasdan rozi bo'ldim.

- Faoliyatingizdagi qaysi uchrashuvni yodga olishni istamaysiz?

- "Jar" stadionidagi BAA bilan kechgan uchrashuvni nafaqat men balki ko'pchilik eslashni istamasa kerak. 


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика