So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  18 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Sanjar nega finalga bayroq bilan chiqqani, qachon CS o'ynashni boshlagani, O'zbekiston chempioni bo'lgani haqidagi savollarga javob berdi Yangiliklar

Sanjar nega finalga bayroq bilan chiqqani, qachon CS o'ynashni boshlagani, O'zbekiston chempioni bo'lgani haqidagi savollarga javob berdi

CS:GO bo'yicha "Avangar" sharafini himoya qilayotgan Sanjar Kulievning so'nggi intervyusini etiboringizga havola qilamiz.

- CS GO bo'yicha jahon chempionatiga qanday kayfiyatda bordingiz?

- Turnirdan oldin barcha jamoalar bilan mashg'ulot o'tkazdik. Agar mashg'ulotlardagidek yaxshi o'ynasak, kamida finalgacha borishimizni his qilgandim. SHunday ham bo'ldi.


- Finalda kim o'ynaydi deb o'ylagan edingiz?

- Mashg'ulotlar bo'yicha "Astralis" finalga chiqishini kutgandim. "Liquid" ham kuchli. Biroq finalda "Astralis" o'ynashiga 80% ishongandim. Turnir davomida NRG ham yaxshi tayyorgarlik ko'rganini guvohi bo'ldik.


- Xafsalangizni pir qilgan jamoalar bo'ldimi?

- Deyarli yo'q. NiP jamoasining ishlari yurishmaganidan afsusdaman. Qolganlar o'z darajasida o'ynashdi. "Crazy" uzoqroqqa borishini kutgandim. Ular bir yil ichida yaxshi natijalarga erishishdi.



- Finalga O'zbekiston bayrog'i bilan kelish sizning g'oyangizmi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Biroq bayroqni faqat finalga asrab qo'ygandim.

Butun umri turli musobaqa va turnirlarda o'tgan do'stim bor. Uning niki "episode" va u CS 1.6 bo'yicha "Storm" (xalqaro musobaqalarda O'zbekiston nomidan qatnashgan) jamoasida o'ynagan. U elkasiga O'zbekiston bayrog'ini tashlab, chempion bo'lishni xohlagan edi. Bu menga jiddiy tasir qildi. Do'stimning orzusini amalga oshirishni xohladim.


- Hozir hamma siz CS:GO o'yini yaqinda boshlab, katta muvaffaqiyatlarga erishganingizni muhokama qiliyapti. Haqiqatdan ham shunday bo'ldimi?

- Ha, men bir vaqtlar O'zbekiston chempioni bo'lganman. O'yin bilan esa qolganlar kabi kompyuter klubida tanishganman. Biz klublarda o'ynardik, odamlarning uyida kompyuter bo'lmasdi. O'sha paytda tanlov katta bo'lmagan: Dota yoki CS. Ikkala o'yinda ham o'zimni sinab ko'rdim, biroq CS etiborimni tortdi.


- Kompyuter klubiga kirib, O'zbekiston chempioni bo'lishingiz uchun qancha vaqt kerak bo'ldi?

- Adashmasam, birinchi sinfdayoq kompyuter klubiga borganman. 2011 yilda (13 yoshda) esa O'zbekiston vice-chempioniga aylandim. Kelasi yil mamlakat chempioni sifatida taqdirlandim.


- CS:GOga o'tish qanday kechgan?

- 2015 yilgacha CSning yangi turiga o'tishni xohlamagandim. Bizda internet yomon va kuchli kompyuterlar yo'q. Hech qaerda yaxshi sharoit bo'lmagan. Bir kuni do'stim bilan internet-kafega borib, qiziqish uchun CSning yangi turini sinab ko'rishga qaror qildim. O'yin menga yoqdi. Keyin esa har hafta internet-kafega kelib, o'yinni tushunishga harakat qildik.


- "Avangar"dagilar bilan do'stmisiz yoki hamkasb?

- Bizda muvozanat bor. Biror tomonga og'ib ketib bo'lmaydi. Aynan shu narsa tufayli o'yinga bo'lgan munosabat o'zgaradi. Agar siz faqat do'st bo'lsangiz, mashg'ulotlarda bo'shashasiz va bor etiborni o'yinga qarata olmaysiz. Agar faqat hamkasb bo'lsangiz, agressivlashib borasiz. To'g'ri balans esa yaxshi natija beradi.


- Taqvim juda zich, so'nggi marta qachon uyda bo'ldingiz va sizni qanday kutib olishadi?

- Uyga borganimga ancha bo'ldi. Ikki haftalik tanaffusda uydam dam olganman. Bazida odamlar tanib qolishadi va maqtab qo'yishadi. Ammo bunga jiddiy etibor bermayman. O'zimni yulduz deb hisoblamayman va o'zimni bunday his qilishni ham xohlamayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика