Sanjar Tursunov futbolchilik faoliyatini yakunladi
16 fev 22:40
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi, OKMK, "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari sobiq futbolchisi Sanjar Tursunov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi. 38 yoshli Tursunov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida buni malum qildi.
"Bugun men o'z professional futbol faoliyatimga yakun yasaganimni elon qilmoqchiman.
Butun futbol jamoatchiligiga, terma jamoa va faoliyatim davomida o'ynagan jamoalarga, shu o'rinda marabbiylarga, jamoadoshlarimga va futbol muhlislariga tashakkur izxor etaman", -deb yozadi Sanjar Tursunov.
Malumot uchun, Sanjar Tursunov O'zbekiston terma jamoasi safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Faoliyati davomida Rossiya, Qatar, Ukraina, Janubiy Koreya klublarida legioner sifatida ham faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar