So’nggi yangiliklar

15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  0 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  4 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3

Sanat SHixov: "O'tish o'yinida "Qo'qon-1912"ga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Sanat SHixov: "O'tish o'yinida "Qo'qon-1912"ga oson bo'lmaydi"

Bir necha kun oldin PRO-Lliganing so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, "Qo'qon-1912", "Mashal", "SHo'rtan" jamoalari Superliga yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Qo'qonliklarning tajribali futbolchisi Sanat SHixov mavsumdagi qiyinchiliklar va oldindagi o'yinlar haqida fikrlarini bildirdi. 


- Joriy yilgi Pro liga qanday o'tdi? Pro ligada bu yil pasayish bo'ldimi?
- Pro liga saviyasi tushganmi yoki yo'q, bu savolga aniq javob bera olmayman. Barcha jamoalarning stadionlari alo darajada. Lekin taqvim juda noqulay tuzilganini ayta olaman. Murabbiylarga qiyin. Butun mavsum davomida futbolchilarning sport formasini ushlab turish oson emas. O'ylashimcha, 11ta jamoa Pro liga uchun juda kam. Biz uchun bu yilgi chempionat ko'ngildagidek o'tmadi. Maqsadimiz to'g'ridan-to'g'ri Superligaga yo'llanma olish edi. Hozircha buning uddasidan chiqqanimiz yo'q. Birinchi davradagi yo'qotilgan ochkolar qimmatga tushdi. Endi bor umidimiz o'tish o'yinlaridan. Imkoniyatimiz yo'qolmagan. Superligaga yo'llanma olishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

- Yana qaysi faktorlar qiyinchilik tug'dirdi?
- Yuqorida aytganimdek taqvim masalasi. Bir oyda 2ta o'yin o'tkazgan paytlarimiz ham bo'ldi. 

- Qaysi jamoalarda yuqoriga intilish, kuchayishni sezdingiz?
- "Aral" jamoasida ko'rdim, deya olaman. "SHo'rtan" va "Mashal" jamoalarini hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin "Aral" bu mavsumda hammaga bosh og'riq bo'ldi. 

- SHaroit va jamoalarning darajasi Superligaga yaqinlashdimi?
- SHaroit borasida katta farq yo'q. Pro liganing deyarli barcha jamoalarida sharoitlar yaratilgan. Biroq o'yin borasida 2-3ta jamoaning saviyasi pastligi aniq. 

- Superligani ham kuzatib boryapsizmi? O'tish uchrashuvida qaysi jamoa raqib bo'lishini kutyapsiz?
- Superligadagi har bir uchrashuvni kuzatib borishga to'g'ri kelmoqda. Kim raqiblik qilishidan qatiy nazar, ularga qiyin bo'ladi. Pro liganing 3ta jamoasining darajasi Superliganing darajasi bilan teng.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика