So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  19 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

Sanat SHixov: "Andijonda o'z mehnatimiz evaziga g'alaba qozondik" Yangiliklar

Sanat SHixov: "Andijonda o'z mehnatimiz evaziga g'alaba qozondik"

Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Dinamo" (2:3) bahsida mehmonlar irodali g'alabaga erishdi.
Uchrashuvda samarqandliklar safida Sanat SHixov faol harakatlari bilan boshqalardan ajralib turdi. Uning dubli jamoasi uchun qimmatli uch ochkoni keltirdi. O'yindan so'ng SHixov jurnalistlar qurshovida qolib ketdi va OAV vakillarining bir nechta savollariga javob berdi. Aytgancha Sanat bu o'yinda "Dinamo"dagi eng yaxshi o'yinchi sifatida taqdirlandi.

- Albatta safardan g'alaba bilan qaytayotganimizdan xursandman. Maydonning xolati yaxshi bo'lmasada yutish uchun astoydil harakat qildik. Uch ochkoni o'z mehnatimiz evaziga erishdik deb o'ylayman.

- 1:0 hisobida oldinda borayotib qisqa fursat ichida o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. SHunda hayolimga deyarli yutqazdik degan o'y keldi. CHunki bu paytga kelib ko'p kuch sarf etib yuborgandik. Lekin uchrashuv oxiriga qadar iroda ko'rsatib jiddiy kurashdik va yakunda g'alabani ilib ketdik.

- Kiritgan birinchi golim mezbonlarda shubha uyg'otdi. Ochig'ini aytaman, bu toza gol edi. Lekin raqib futbolchilari to'r teshik ekanligini hakamga ko'rsatishdi. Bu meni hayron qoldirdi. Agarda shu kabi gol bizning darvozamizdan joy olsa, uni mardlarcha tan olaman.

- Bugun omadimiz kulib boqdi. Omad ham kuchlilarga kulib boqadi degan gap bor.

- Uchrashuv so'nggi daqiqalarida ikkinch  golimni kiritib jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman. To'g'ri ilgari ham oxirgi soniyalarda gol urib jamoamga ochko keltirgan o'yinlar bo'lgan. Bu tasodif. Ko'p narsa omadga ham bog'liq  deydi Sanat SHixov.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика