So’nggi yangiliklar

07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  0 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  23 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  7 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  20 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  58 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  124 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17

Samvel Babayan: "Vaqt cho'zish "Navbahor"ning uslubi emas" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Vaqt cho'zish "Navbahor"ning uslubi emas"

Bugun Coca Cola Superliga 12-tur o'rin olgan "Navbahor" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Judayam zo'r o'yin bo'ldi, hamma rohatlandi. Biz o'yinni yaxshi boshlandik. Bugun hamma narsa o'xshadi. Yigitlardan minnatdorman. Realizaciya masalasiga yana to'xtalmoqchiman. Ikkinchi taymda hisoblagi farqni yanada oshirishimiz mumkin edi. Umuman olganda o'yin yaxshi bo'ldi. Adolatli hisob, biz g'alabaga munosib edik. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. 

- Oxirgi ikkita o'yinda jamoa hujumkorlikni oshirdi. Oldinlari "Navbahor" bitta gol urib olib, keyin himoyaga etibor qaratardi. Bu sizning ko'rsatmalaringiz natijasini yoki futbolchilarning mahorati?

- Oldingi o'yinda ham "Navbahor" tarkibida 10 ta yangi o'yinchi borligini aytgandim. Bugun besh yoki olti nafar yangi o'yinchilar maydonga tushishdi. Bizga vaqt kerak edi. Jamoa o'z yo'lini topib olishiga vaqt talab qilinadi. Hujumkor o'yinni esa ikki jihat bilan izohlamoqchiman. Birinchisi bu biz optimal tarkibda o'ynashni boshladik. Jarohatlar va diskvalifikaciyadan qutilib oldik. Ikkinchi jihat esa yangi futbolchilarning jamoaga ko'nikib olishi. Bunga ham 8-9 o'yin talab etiladi. Hozirda esa "Navbahor"ning malum bir uslubi bor. Keyingi o'yinlarda ham sifatli futbol ko'rsatib, o'z ochkolarimizni to'plashda davom etamiz. 

- Oxirgi daqiqada Ibrohim Yo'ldoshev jarohat olib, maydonga yotganida siz unga tezroq o'rnidan turib, o'yinni davom ettirishini aytdingiz. Vaholanki, o'yin sizning foydangizga hal bo'layotgandi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Ochig'ini aytsam, oldingi va ushbu mavsumda bir necha jamoalar o'yin vaqtini ochiqchasiga cho'zishayotganini guvohi bo'ldik. Bu "Navbahor"ning uslubi emas. To'g'ri, o'yinchiga yordam ko'rsatilishi ham mumkin edi, ammo men unga o'ynash kerakligini aytdim. Bu kabi o'yinlar muxlislarga qoniqish hissini bermaydi. 

- Bir necha kundan so'ng jamoa kubok o'yinini o'tkazadi. "Navbahor" deyarli guruh masalasini hal qilgan. O'yinga ikkinchi tarkib tushiriladimi yoki asosiy tarkibmi?

- Maydonga kim tushsa ham biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz. Bazi rotaciyalarni amalga oshirishim mumkin, ammo baribir g'alaba uchun harakat qilamiz. O'yinga yaqin tarkibni aniqlaymiz. Kim maydonga chiqmasin, "Navbahor" shanini munosib himoya qiladi.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'yin natijasi jurnalistlar tomonidan shubha ostiga qo'yildi. Sizdan o'sha uchrashuvning birinchi bo'limida nimalar sodir bo'lganini chuqurroq taxlil qilib berishingizni so'ragan bo'lardim.

- O'sha o'yinda biz to'pni raqibga bermasdan, ularni hujum qilish imkoniyatidan mahrum qildik. SHu bilan birga o'yinchilarimizning individual mahorati ham shu kabi natijaga sabab bo'ldi. Sariq kartochkalar sabab ikkinchi bo'limda biroz o'zgarishlar qildik. Buning oqibatida birinchi bo'limdagi holatni yana takrorlashning imkoni bo'lmadi. Yigitlar ikkinchi bo'limda ham zo'r harakat qilishdi. Pozicion himoyani ham ushladik va raqibga hech qanday imkoniyat bermadik. "Bunyodkor"ga qarshi birinchi bo'lim 2023 yilda "Navbahor" o'tkazgan eng zo'r taym bo'ldi. Mana shu taym qanday o'ynash kerakligi uchun etalon hisoblanadi. O'sha o'yinda o'zini ko'rsatgan nom shu tarzda davom etishi kerak. "Navbahor" aynan shu darajada o'ynashi kerak, boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Bugungi muxlislarni ko'rdingizmi? Ular har bir vaziyatdan rohat olishdi. Biz ular uchun o'ynaymiz. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика