So’nggi yangiliklar

14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  1 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  6 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  62 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  17 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0

Samvel Babayan: "So'g'diyona”ning natijalari uning darajasiga mos emas, ular jadvalda teparoqda bo'lishlari kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "So'g'diyona”ning natijalari uning darajasiga mos emas, ular jadvalda teparoqda bo'lishlari kerak"

Teglar :  Samvel Babayan
Coca-Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “So'g'diyona” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugun katta zaxira bilan g'alaba qozondik. Muxlislarimiz uchun g'alaba qozonishni istagan edik hamda bunga erishdik. SHogirdlarim bugun o'zlarini professional ekanliklarini isbotlashdi. Oxirgi o'yindan keyin ishga bo'lgan yondashuvlari xursand qilmoqda”, - dedi Babayan.

“So'g'diyona”ning so'nggi barcha o'yinlarini ko'rdim va aytishim kerakki ularga omad etishmayapti. Jamoaning jadvaldagi hozirgi o'rni ularning ayni vaqtdagi darajasiga mos emas. Ular shunchaki omad kelmayotgani tufayligina bugun biroz pastroqda yurishibdi. Yorqin Nazarov jamoada katta ishlarni amalga oshirmoqda va bu albatta o'z mevasini beradi”.

“Bugun Iskanderov biroz pastroqda o'ynashi va himoya bilan hujumni bog'lab turishini reja qilgan edik. Iskanderov taktikadan kelib chiqib ayrim vaziyatlarda pastroqqa tushdi. Aytishim mumkinki, u buni uddaladi”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика