Samvel Babayan: "Qosimovning "Bunyodkor"dan ketishining biz uchun ijobiy yoki salbiy tomoni yo'q"
05 apr 2014 19:33
Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qosimovning "Bunyodkor"dan ketishining biz uchun ijobiy yoki salbiy tomoni yo'q"
"Mashal" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib "sherlar" bosh menejeri qatnashdi.
"To'rtinchi o'yinni o'tkazdik. Bahorgi o'yinlar ekanligi sezilib turibdi. Maydonlar holati juda yomon ekanligi bilinib turdi. Barcha imkoniyatni ko'rsatish uchun bunday maydonlar xalal berdi. Biz bugun "Mashal" va maydonga qarshi o'ynadik", - deb gap boshladi Samvel Babayan.
Raqib tartibli va kurashchan jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Jamoada yulduzlar yo'q, lekin barcha o'z ishini biladi.
Himoyachilardan ko'nglim to'q. Tarkibimizda Miladinovich, Krimec, Merzlyakov va Hoshimov kabi himoyachilar bor, ularning harakatlaridan mamnunman.
Men himoya va hujumga ajratmayman, bizda 10ta hujumchi va 10ta himoyachi bor. Sergeev bugun gol urmagan bo'lsa ham katta hajmdagi ishni bajardi. SHunday futbolchilar ko'proq bo'lsa ijobiy natijaga erishaveramiz.
Andreev shifoxonadan qaytib keldi, o'zini biroz yaxshi his qilmoqda. Bugun juda keskin o'yin bo'ldi, uning miyasi chayqaldi.
CHempionatda bizdan tashqari 13ta jamoa bor, Qosimovning "Bunyodkor"dan ketishining biz uchun ijobiy yoki salbiy tomoni yo'q deb bilaman.

Fikrlar